Umraga ketayotganda salomatligi yomonlashgan O‘zbekiston fuqarolariga yordam berildi

© Sputnik / Mixail Voskresenskiy / Mediabankka o‘tishPalomniki v Mekke. Arxivnoe foto
Palomniki v Mekke. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.10.2023
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston fuqarolari vatanga qaytishi uchun amaliy yordamga, moddiy ko‘makka muhtoj bo‘lgan.
TOShKENT, 9 okt — Sputnik. Umra safariga ketayotgan chog‘ida salomatligi yomonlashgan O‘zbekiston fuqarolariga Bosh konsullik tomonidan amaliy ko‘mak ko‘rsatildi. Bu haqda "Dunyo" AA xabar berdi.
“O‘zbekistonning Dubay shahridagi Bosh konsulligi xodimlari Telegram ijtimoiy tarmog‘i orqali ikki nafar keksa yoshdagi O‘zbekiston fuqarosi Umra safariga ketayotgan chog‘ida "Sharja" xalqaro aeroportining tranzit yo‘lovchilar hududida sog‘ligi yomonlashib qolgani va Sharja amirligining "Al Qosimiya" shifoxonasiga shoshilinch tarzda olib borilganligidan voqif bo‘ldi”, - deyiladi xabarda.
Ma’lum bo‘lishicha, O‘zbekiston fuqarolari joriy yil 26-sentabr kuni Umra safarini bajarish uchun xususiy sayyohlik shirkatlaridan biri orqali "Namangan–Sharja–Madina–Sharja–Namangan" yo‘nalishi bo‘yicha havo qatnoviga chipta olgan. Ularga shirkat tomonidan mas’ul bo‘lgan vakil - "Ellikboshi" tomonidan lozim darajada e’tibor ko‘rsatilmagan.
O‘zbekiston fuqarolari vatanga qaytishi uchun amaliy yordamga, moddiy ko‘makka muhtoj bo‘lgan.
Bosh konsulxona xodimlari qiyin ahvolda qolgan keksa yoshdagi O‘zbekiston fuqarolariga konsullik-huquqiy yordam berish va ularni vatanga qaytarish maqsadida "Al Qosimiya" shifoxonasi mas’ullari hamda Sharja xalqaro aeroportining huquqni muhofaza qiluvchi idoralari mas’ul xodimlari bilan muzokaralar o‘tkazgan.
Buning natijasida, O‘zbekiston fuqarolariga shifoxonaga to‘lanishi lozim bo‘lgan 4400 AQSh dollaridan voz kechish va Sharja–Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha bepul aviachipta bilan ta’minlash bo‘yicha kelishuvga erishilgan. Shu tariqa ular vatanga qaytarilgan.
Yangiliklar lentasi
0