Toshkentda suv va kanalizatsiya narxi oshishi kutilmoqda

© Unsplash/Jacek DylagKran na kuxne, illyustrativnoe foto
Kran na kuxne, illyustrativnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.10.2023
Obuna bo‘lish
Aholi uchun bir metr kub suv narxi 1400 so‘m, oqova suv narxi esa 1000 so‘m bo‘lishi mumkin.
TOShKENT, 9 okt — Sputnik. Suv ta’minoti tizimidagi sarf-xarajatlarning keskin ortganligi munosabati bilan Toshkent shahrida ichimlik hamda oqova (kanalizatsiya) suv xizmatlari narxi oshishi kutilmoqda. Tegishli takliflar Toshkent shahar deputatlar kengashiga taqdim etildi.
“Toshkent shahar suv ta’minoti” MChJ xabariga ko‘ra, aholi uchun bir metr kub suv narxi 1400 so‘m, oqova suv narxi esa 1000 so‘m, yuridik tashkilotlar uchun ichimlik suvi narxi 3000 so‘m oqava suv narxini esa 2200 so‘m etib belgilanishi mumkin.
“Shu o‘rinda bir jihatga e’tiborni qaratishni istardik. Toshkent shahridagi oshishi kutilayotgansuv va kanalizatsiya narxlari Toshkent viloyati hamda respublikaning boshqa hududlaridagi ayni kundagi narxlardan pastligicha qolmoqda”, - deyilgan xabarda.
Xabarda qo‘shimcha qilinishicha, deputatlar kengashi muhokamasi yakunlaridan kelib chiqib, suv va kanalizatsiya narxlari oshish sanasi haqida qo‘shimcha ma’lumot taqdim etib boriladi.
Avvalroq Sputnik poytaxt va mamlakat viloyatlari aholisi kanalizatsiya uchun qancha to‘lashi haqida ma’lumot bergan edi.
Yangiliklar lentasi
0