“O‘ztransgaz” boshqaruv raisiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi

© Sputnik / © Sputnik / Aleksey DanichevMujchini s portfelem v ruke. Arxivnoe foto
Mujchini s portfelem v ruke. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.10.2023
Obuna bo‘lish
"O‘ztransgaz" boshqaruv raisiga ikki birinchi o‘rinbosar va bir o‘rinbosar tayinlandi.
TOShKENT, 9 okt — Sputnik. "O‘ztransgaz" aksiyadorlik jamiyati boshqaruv raisiga o‘rinbosarlar tayinlandi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar bermoqda.
Xususan, Muhsin Rahmonov kompaniya boshqaruv raisining birinchi o‘rinbosari — bosh muhandis lavozimiga tayinlandi.
U tayinlovga qadar "O‘ztransgaz" AJ Gazli magistral gaz quvurlari boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari — bosh muhandis lavozimida faoliyat yuritgan.
© AO UztransgazMuxsin Narzilloyevich Raxmonov.
Muxsin Narzilloyevich Raxmonov. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.10.2023
Muxsin Narzilloyevich Raxmonov.
Jahongir Baybayev kompaniya boshqaruv raisining qurilish va transport bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlandi.
Shu paytga qadar u Energetika vazirligi huzuridagi Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi — "O‘zenergoinspeksiya" Neft-gaz sohasida nazorat tadbirlarini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgan edi.
© AO UztransgazJaxongir Baxtiyarovich Baybayev
Jaxongir Baxtiyarovich Baybayev - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.10.2023
Jaxongir Baxtiyarovich Baybayev
Shohjahon Safarov kompaniya boshqaruv raisining transformatsiya masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari vazifasini vaqtincha bajaruvchisi etib tayinlandi.
Bu tayinlovga qadar u "O‘ztransgaz" AJ investitsiyalar va istiqbolli rivojlanish departamenti boshlig‘i lavozimida ishlayotgandi.
© AO UztransgazShoxjaxon Ilxomovich Safarov.
Shoxjaxon Ilxomovich Safarov. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.10.2023
Shoxjaxon Ilxomovich Safarov.
Avgust oyida "O‘zneftgazinspeksiya" rahbari o‘rinbosari sifatida ishlab kelgan Askar Isakov "O‘ztransgaz" boshqaruvi raisi vazifasini vaqtincha bajaruvchi etib tayinlangan edi
Yangiliklar lentasi
0