“O‘zbekkonsert” direktori yana o‘zgardi

© "Uzbekkonsert"Sanjar Erdanov
Sanjar Erdanov  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.10.2023
Obuna bo‘lish
Direktorning ijodiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari bo‘lgan Sanjar Erdanov muassasasi direktori vazifasini vaqtincha bajaradi.
TOShKENT, 9 okt — Sputnik. Sanjar Erdanov "O‘zbekkonsert" direktori vazifasini vaqtincha bajaruvchi etib tayinlandi. Bu haqda muassasa matbuot xizmati xabar berdi.
Madaniyat vaziri birinchi o‘rinbosari Bahodir Ahmedov raisligida o‘tgan yig‘ilishda "O‘zbekkonsert" rahbari vazifasini bajarib kelgan Davron Sheraliyev boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan vazifasidan ozod etilgani ma’lum qilindi.
“Shu paytga qadar direktorning ijodiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari vazifasida faoliyat yuritib kelgan Sanjar Erdanov "O‘zbekkonsert" davlat muassasasi direktori vazifasini vaqtincha bajaruvchi etib tayinlandi”, - deyilgan xabarda.
Tanqidiy ruhda o‘tgan yig‘ilishda o‘z faoliyatida kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan hududiy bo‘lim rahbarlarining ayrimlari oxirgi marotaba ogohlantirildi, ayrimlariga hayfsan berildi.
Joriy yil yakunigacha ish faoliyatida ijobiy natijaga erishish zarurligi ta’kidlandi. O‘zgarish bo‘lmasa, vazifasidan ozod etilishidan ogohlantirildi.
Davlat filarmoniyasi direktori o‘rinbosari Davron Sheraliyev 2022-yilning may oyida "O‘zbekkonsert" direktori etib tayingan edi. Unga qadar Jamoliddin Uzoqov muassasaga rahbar qilgan edi.
Yangiliklar lentasi
0