https://oz.sputniknews.uz/20231009/ozbekiston-yorqin-yulduz-xalqaro-mukofoti-bilan-taqdirlandi-39764495.html
“Jahon pochta sohasida yetakchi”: O‘zbekiston “Yorqin yulduz” xalqaro mukofoti bilan taqdirlandi
“Jahon pochta sohasida yetakchi”: O‘zbekiston “Yorqin yulduz” xalqaro mukofoti bilan taqdirlandi
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston 2023-yilda "Jahon pochta sohasida yetakchi" deb e’lon qilindi va "Yorqin yulduz" xalqaro mukofoti bilan taqdirlandi.
2023-10-09T09:12+0500
2023-10-09T09:12+0500
2023-10-09T09:12+0500
jamiyat
o‘zbekiston
saudiya arabistoni
pochta
mukofot
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/0a/09/39764191_0:142:482:413_1920x0_80_0_0_863f8a86f64493dd6426736599b50a0e.jpg
TOShKENT, 9 okt — Sputnik. Joriy yil 1-5 oktabr kunlari Ar-Riyoz shahrida Xalqaro pochta ittifoqining (XPI) navbatdan tashqari IV Kongressi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda "Dunyo" AA xabar berdi.Tadbirda O‘zbekiston Raqamli texnologiyalar vaziri maslahatchisi Jamshid Egamberdiyev boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi ishtirok etdi.O‘zbekistonning Saudiya Arabistonidagi elchixonasidan ma’lum qilinishicha, mazkur Kongress davomida tarixiy "Yashil paket" to‘g‘risidagi kelishuvga erishildi. Jumladan, mazkur jabha uchun ixtiyoriy iqlim o‘zgarishi maqsadlari, shuningdek, pochta aloqasi sohasi bilan o‘zaro bog‘lanish yo‘nalishini belgilab beruvchi pochta moliya xizmatlarini modernizatsiya qilish rejasi ham tasdiqlandi.Mazkur islohotlar hisobga olingani bois Kongress doirasida O‘zbekiston 2023-yilda "Jahon pochta sohasida yetakchi" deb e’lon qilindi va "Yorqin yulduz" xalqaro mukofoti bilan taqdirlandi.
o‘zbekiston
saudiya arabistoni
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/0a/09/39764191_0:96:482:458_1920x0_80_0_0_0a6e48babb0bc8036c9b874cdafad8cc.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekiston “yorqin yulduz” xalqaro mukofoti
o‘zbekiston “yorqin yulduz” xalqaro mukofoti
“Jahon pochta sohasida yetakchi”: O‘zbekiston “Yorqin yulduz” xalqaro mukofoti bilan taqdirlandi
O‘zbekiston 2023-yilda "Jahon pochta sohasida yetakchi" deb e’lon qilindi va "Yorqin yulduz" xalqaro mukofoti bilan taqdirlandi.
TOShKENT, 9 okt — Sputnik. Joriy yil 1-5 oktabr kunlari Ar-Riyoz shahrida Xalqaro pochta ittifoqining (XPI) navbatdan tashqari IV Kongressi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda "Dunyo" AA
xabar berdi. Tadbirda O‘zbekiston Raqamli texnologiyalar vaziri maslahatchisi Jamshid Egamberdiyev boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi ishtirok etdi.
O‘zbekistonning Saudiya Arabistonidagi elchixonasidan ma’lum qilinishicha, mazkur Kongress davomida tarixiy "Yashil paket" to‘g‘risidagi kelishuvga erishildi. Jumladan, mazkur jabha uchun ixtiyoriy iqlim o‘zgarishi maqsadlari, shuningdek, pochta aloqasi sohasi bilan o‘zaro bog‘lanish yo‘nalishini belgilab beruvchi pochta moliya xizmatlarini modernizatsiya qilish rejasi ham tasdiqlandi.
Kongress qatnashchilari O‘zbekistonda pochta aloqasi sohasida iqtisodiy islohotlar amalga oshirilayotgani, ko‘rsatiladigan xizmatlar turlari kengayib borayotgani, pochta aloqasi xizmatlari va qo‘shimcha xizmatlar ko‘rsatish uchun tarmoqlar va vositalarni erkinlashtirish hamda ularni rivojlantirish chora-tadbirlari amalga oshirilayotgani, pochta aloqasi sifati va ishonchliligini oshirish uchun axborot texnologiyalaridan qo‘llanilayotganligi, bozor talablarini hisobga olgan holda past narxlardagi xizmatlarning yangi turlari joriy etilayotganligi bilan yaqindan tanishtirildi.
Mazkur islohotlar hisobga olingani bois Kongress doirasida O‘zbekiston 2023-yilda "Jahon pochta sohasida yetakchi" deb e’lon qilindi va "Yorqin yulduz" xalqaro mukofoti bilan taqdirlandi.