O‘zbekiston “Gazprom” bilan uzoq muddatli gaz xaridi bo‘yicha muzokaralar boshladi

© Sputnik / Pavel Lvov / Mediabankka o‘tishGaz quvuri, arxiv surat
Gaz quvuri, arxiv surat - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.10.2023
Obuna bo‘lish
7 oktabr kuni Rossiya tabiiy gazini O‘zbekistonga yetkazib berish boshlandi.
TOShKENT, 9 okt — Sputnik. O‘zbekiston Rossiyaning “Gazprom” kompaniyasi bilan gaz yetkazib berish bo‘yicha o‘rta va uzoq muddatli shartnomalar to‘g‘risida muzokaralar olib borishni boshladi. Bu haqda O‘zbekiston energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov ma’lum qildi.
Vazir Rossiyadan O‘zbekistonga Qozog‘iston hududi orqali "Markaziy Osiyo — Markaz" gaz quvuri bo‘yicha gaz yetkazib berish boshlanishini tarixiy voqea deb atadi.
Mirzamahmudovning so‘zlariga ko‘ra, uzoq muddatli hamkorlik doirasida Rossiyadan tabiiy gaz yetkazib berish O‘zbekiston iqtisodiyoti o‘sishi, aholi va energiya resurslariga bo‘lgan talabni hisobga olgan holda kuz-qish mavsumida gaz defitsitining bir qismini ta’minlab beradi.
“Prezidentimizning rasmiy tashrifi doirasida biz “Gazprom” bilan gaz yetkazib berish bo‘yicha o‘rta va uzoq muddatli shartnomalar muhokamasini ham boshladik”, - dedi u "O‘zbekiston 24" telekanaliga bergan intervyusida.
7 oktabr kuni O‘zbekiston, Qozog‘iston va Rossiya prezidentlari Rossiya tabiiy gazini O‘zbekistonga yetkazib berishni boshlab berishdi. Shavkat Mirziyoyev Rossiya gazini “revers” tarzda import qilish boshlanayotgani O‘zbekiston uchun strategik ahamiyatga ega ekanini ta’kidladi.
Ushbu loyiha mamlakat energetik xavfsizligini ta’minlash, “moviy yoqilg‘i”ni kafolatli yetkazib berish manbalarini diversifikatsiya qilish yo‘lida oldinga tashlangan katta qadam, iste’moldagi mavsumiy nomutanosiblikni qoplash, aholini gaz va elektr energiyasi bilan ishonchli va uzluksiz ta’minlash uchun energiya resurslarining qo‘shimcha hajmlari demak.
Eslatib o‘tamiz, 16-iyun kuni Peterburg Xalqaro iqtisodiy forumida Rossiya gazini O‘zbekistonga yetkazib berish bo‘yicha shartnoma va respublika gaz uzatish tizimini Rossiya gazini qabul qilishga tayyorlash bo‘yicha “yo‘l xaritasi” imzolangan edi.
O‘zbekiston Energetika vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, shartnoma doirasida kuniga 9 million kubometr tabiiy gazni import qilish mo‘ljallanmoqda. Yillik hajm esa qariyb 2 milliard 800 million kubometrni tashkil etadi.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin kelgusida bu hajm ko‘paytirilishi mumkinligini ma’lum qilgan edi.
Yangiliklar lentasi
0