“Juda o‘xshaydi”: Trampning o‘g‘li falastinliklar qo‘lida Amerika qurolini ko‘rib qoldi

© AFP 2023 / MAJDI FATHIIsroil harbiy texnikasini qo‘lga kiritgan falastinliklar
Isroil harbiy texnikasini qo‘lga kiritgan falastinliklar  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.10.2023
Obuna bo‘lish
Kichik Tramp bu avtomatlar AQSh Afg‘onistonda “Tolibon”ga* qoldirgan 70 mingta avtomatlardan biri bo‘lishi mumkinmi deya savol bilan yuzlangan.
TOShKENT, 9 okt — Sputnik. AQShning sobiq prezidenti Donald Trampning o‘g‘li kichik Tramp falastinliklar foydalanayotgan qurollar Amerika harbiylari 2021-yilda Afg‘onistondan ketgandan keyin mamlakatda qoldirib ketgan qurolga o‘xshashligiga e’tibor qaratdi.
“Ular (avtomatlar – tahr. Biz Yaqin Sharqda ko‘rishda odatlangan AK-47 ga qaraganda, Amerikaning M-4 lariga ko‘proq o‘xshaydi”, - deya yozdi kichik Tramp o‘zining X (sobiq Twitter) ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida. U shu tariqa Sky News telekanalining falastinliklar mojaro boshlanishiga xursand bo‘lishi aks etgan videosiga munosabat bildirgan.
Shuningdek, u bu avtomatlar AQSh Afg‘onistonda “Tolibon”ga* qoldirgan 70 mingta avtomatlardan biri bo‘lishi mumkinmi deya savol bilan yuzlangan.
Avvalroq AQSh Kongressi a’zosi Marjori Teylor Grin Pentagonni HAMAS Amerika qurollarini qayerdan olganini tekshirishga chaqirgan edi. Grin qurollar Ukraina yoki Afg‘onistondan falastinliklarga kelgan bo‘lishi mumkinligini taxmin qilmoqda.
* harakat terrorchilik faoliyati uchun BMT sanksiyalari ostida
Yangiliklar lentasi
0