Qirg‘izistonda YeOII va MDH davlatlarining birinchi yoshlar forumi start oldi  - Sputnik O‘zbekiston, 1920
O‘zbekiston va YeOII
Shavkat Mirziyoyev hukumat, ekspertlar va parlament a’zolariga O‘zbekistonning YeOIIga kirish istiqbollarini har tomonlama o‘rganib chiqish, bu integratsiyaning barcha afzalliklari va xavf-xatarlarini baholab, yakuniy qaror qabul qilish uchun batafsil hisobot taqdim etilishi haqida topshiriq bergan edi.

YeOIIda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ombor guvohnomalari o‘zaro tan olinadi

© Sputnik / Mediabankka o‘tishYeOIIga a’zo va kuzatuvchi mamlakatlar bayroqlari, arxiv surat
YeOIIga a’zo va kuzatuvchi mamlakatlar bayroqlari, arxiv surat - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.10.2023
Obuna bo‘lish
Hujjat 2026-yil 1-iyundan kuchga kiradi.
TOShKENT, 9 okt — Sputnik. Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) davlatlari qishloq xo‘jaliklari mahsulotlari ombor guvohnomalari o‘zaro tan olishni nazarda tutuvchi bitimni imzoladi. Bu haqda Qozog‘iston savdo va integratsiya vazirligi axborot xizmati xabar berdi.
“YeOII mamlakatlari qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ombor guvohnomalari to‘g‘risida bitim imzoladi. Bu hujjat hujjatsiz ombor guvohnomalarini o‘zaro tan olish asosida YeOII mamlakatlarida qishloq xo‘jaligi mahsulotlari onlayn savdosini rivojlantirish imkonini beradi”, - deyilgan xabarda.
Bu bitim YeOII mamlakatlarida ombor guvohnomalari garovi bilan kredit olish hamda ombor guvohnomalarini realizatsiya qilish yo‘li bilan o‘z mahsulotlarini onlayn sotish imkonini beradi.
Hujjat 2026-yil 1-iyundan kuchga kiradi. Bunga qadar YeOII mamlakatlari tegishli milliy huquqiy hujjatlarini qabul qilishlari kerak.
Yangiliklar lentasi
0