Avstriyada ikki o‘zbekistonlik talaba aviahalokatga uchradi

© Foto : Aviation Career Center Aviation Career Center o‘quv samolyoti, arxiv surat
 Aviation Career Center o‘quv samolyoti, arxiv surat - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.10.2023
Obuna bo‘lish
Avstriyaning Diks shahri yaqinida bortida ikki nafar o‘zbekistonlik talaba bo‘lgan o‘quv samolyoti halokatga uchradi.
TOShKENT, 9 okt — Sputnik. 4-oktabr kuni Avstriyaning Karintiya federal yerining Diks shahri yaqinida o‘quv samolyotida bo‘lgan ikki nafar O‘zbekiston fuqarosi halokatga uchradi.
O‘zbekiston elchixonasi xabariga ko‘ra, 21 yoshli K.N. va A.X. Sloveniyadagi “Aviation Career Center” aviamaktabining talabalari va hozirda Karintiya federal yeri klinikalarda davolanmoqda.
O‘zbekiston diplomatlari vatandoshlar bilan bog‘langan. Talabalarga zaruriy yordam ko‘rsatilmoqda.
Shuningdek, elchixona Karintiya huquq-tartibot idoralari vakillari, tibbiyot muassasalari ma’muriyati va boshqa tegishli tashkilotlar bilan aloqa o‘rnatgan.
Vaziyat nazoratga olingan.
Yangiliklar lentasi
0