AQSh Kongressi a’zosi HAMAS Amerika qurollarini qayerdan olganini tekshirishga chaqirdi

© AP Photo / Fatima ShbairZapusk raket iz sektora Gaza v napravlenii Izrailya
Zapusk raket iz sektora Gaza v napravlenii Izrailya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.10.2023
Obuna bo‘lish
Marjori Teylor Grin qurollar Ukraina yoki Afg‘onistondan falastinliklarga kelgan bo‘lishi mumkinligini aytmoqda.
TOShKENT, 9 okt — Sputnik. AQSh Kongressi a’zosi Marjori Teylor Grin Pentagonni HAMAS Amerika qurollarini qayerdan olganini tekshirishga chaqirdi. Bu haqda Sputnik Blijnee zarubejye xabar berdi.
Marjori Teylor Grin qurollar Ukraina yoki Afg‘onistondan falastinliklarga kelgan bo‘lishi mumkinligini aytmoqda.
“Biz HAMAS tomonidan Isroilga qarshi qo‘llangan barcha AQSh qurollarining seriya raqamlarini kuzatish uchun Isroil bilan hamkorlik qilishimiz kerak. Afg‘onistondan kelganmi? Ukrainadan kelganmi? Ikkalasi ham bo‘lishi ehtimoli katta”, - deydi u.
G‘arb qurollarining Ukrainadan falastinliklar qo‘liga tushgani haqidagi ilk faktlar shu yilning iyun oyida ma’lum bo‘lgandi.
7 oktabr kuni ertalab Isroil G‘azo sektoridan raketa hujumiga uchradi. Armiya matbuot xizmati respublika bo‘ylab uch mingdan ortiq raketa uchirilganini ma’lum qildi. Bundan tashqari, HAMAS jangarilari raketa hujumlaridan so‘ng Isroil janubidagi chegara hududlariga kirib bordi. Oxirgi ma’lumotlarga ko‘ra, Isroilning 600 dan ortiq tinch aholisi halok bo‘lgan, 2 mingdan ortiq kishi yaralangan.
HAMASning harbiy qanoti “Al-Aqsa to‘foni” deb nomlangan operatsiya o‘tkazayotganini ma’lum qildi. Ular 35 nafar harbiy xizmatchi va ko‘chmanchilarni asirga olgani aytiladi.
Isroil mudofaa armiyasi bunga javoban “Temir qilichlar” operatsiyasini boshladi. Mamlakatda harbiy holat e’lon qilindi. Bosh vazir Binyamin Netanyaxu xalqqa qilgan murojaatida respublika urush holatida ekanini aytib, zaxiralarni keng miqyosda safarbar qilishga buyruq berganini aytdi.
Isroil aviatsiyasi G‘azo sektoridagi nishonlarga zarba bera boshladi. Oxirgi ma’lumotlarga ko‘ra, Isroil hujumlarida halok bo‘lgan falastinliklar soni 436 nafarga yetdi. 2,3 ming kishi jarohatlandi.
Yangiliklar lentasi
0