Xanchjouda XIX yozgi Osiyo o‘yinlarining tantanali yopilish marosimi bo‘lib o‘tdi — foto
22:00 08.10.2023 (yangilandi: 11:54 09.10.2023)
© Press-sekretar Premyer-ministra Respubliki UzbekistanXanchjouda XIX yozgi Osiyo o‘yinlarining tantanali yopilish marosimi bo‘lib o‘tdi
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov mazkur tadbirda ishtirok etdi.
TOShKENT, 8 okt — Sputnik. Xanchjou olimpiya sport markazi stadionida XIX yozgi Osiyo o‘yinlarining tantanali yopilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zbekiston Bosh vazirining matbuot kotibi ma’lum qildi.
© Press-sekretar Premyer-ministra Respubliki UzbekistanYarkie momenti seremonii zakritiya XIX letnix Aziatskix igr Xanchjou-2022
Xitoy Xalq Respublikasi Davlat kengashi Bosh vaziri Li Sanning taklifiga binoan ayni paytda ishchi tashrif bilan ushbu mamlakatda bo‘lib turgan O‘zbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov mazkur tadbirda ishtirok etdi.
© Press-sekretar Premyer-ministra Respubliki UzbekistanYarkie momenti seremonii zakritiya XIX letnix Aziatskix igr Xanchjou-2022
© Press-sekretar Premyer-ministra Respubliki UzbekistanYarkie momenti seremonii zakritiya XIX letnix Aziatskix igr Xanchjou-2022
Joriy yilning 23-sentabr – 8-oktabr kunlari o‘tkazilgan “Xanchjou-2022”da O‘zbekiston sportchilari munosib ishtirok etdi va 22 ta oltin, 18 ta kumush, 31 ta bronza medaliga sazovor bo‘ldi. Umumjamoa hisobida faxrli beshinchi o‘rinni egalladi.
O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi xabariga ko‘ra, marosimda Osiyo Olimpiya kengashi bayrog‘i kelgusi Osiyo o‘yinlarining mezboni Yaponiyaning Aichi-Nagoya shahriga topshirildi.
© Press-sekretar Premyer-ministra Respubliki UzbekistanYarkie momenti seremonii zakritiya XIX letnix Aziatskix igr Xanchjou-2022