Isroil-Falastin mojarosi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.11.2023
Isroil-Falastin mojarosi
Isroil-Falastin mojarosi oktabr boshida XAMAS zarbasidan so‘ng qaytadan avj oldi. Isroil "G‘azo" sektorini bombardimon qildi va to‘liq blokadaga oldi.

Isroil rasman urush holatiga kirganini e’lon qildi

© AP Photo / Fatima ShbairPosledstviya izrailskogo aviaudara na severe sektora Gaza. Arxivnoe foto
Posledstviya izrailskogo aviaudara na severe sektora Gaza. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.10.2023
Obuna bo‘lish
Oxirgi ma’lumotlarga ko‘ra, Isroilning 500 dan ortiq tinch aholisi halok bo‘lgan, 2048 kishi yaralangan.
TOShKENT, 8 okt — Sputnik. Isroil harbiy-siyosiy vazirlar mahkamasi Asosiy qonunning “40-bandi”ni kiritishni ma’qulladi, bu rasman urush e’lon qilinishini anglatadi, deyiladi idora xabarida.
Shanba kuni ertalab Isroil G‘azo sektoridan raketa hujumiga uchradi. Armiya matbuot xizmati respublika bo‘ylab uch mingdan ortiq raketa uchirilganini ma’lum qildi. Bundan tashqari, HAMAS jangarilari raketa hujumlaridan so‘ng Isroil janubidagi chegara hududlariga kirib bordi. Oxirgi ma’lumotlarga ko‘ra, Isroilning 500 dan ortiq tinch aholisi halok bo‘lgan, 2048 kishi yaralangan.
HAMASning harbiy qanoti “Al-Aqsa to‘foni” deb nomlangan operatsiya o‘tkazayotganini ma’lum qildi. Ular 35 nafar harbiy xizmatchi va ko‘chmanchilarni asirga olgani aytiladi.
Isroil mudofaa armiyasi bunga javoban “Temir qilichlar” operatsiyasini boshladi. Mamlakatda harbiy holat e’lon qilindi. Bosh vazir Binyamin Netanyaxu xalqqa qilgan murojaatida respublika urush holatida ekanini aytib, zaxiralarni keng miqyosda safarbar qilishga buyruq berganini aytdi. Harbiylar aholi punktlarini tozalamoqda.
Isroil aviatsiyasi G‘azo sektoridagi nishonlarga zarba bera boshladi. U yerda, o‘z navbatida, bu hujumlarda 232 kishi halok bo‘lgani va deyarli 1,7 ming kishi jarohatlangani da’vo qilinmoqda.
Yangiliklar lentasi
0