Bektemir Meliqo‘ziyev nokaut evaziga g‘alaba qozondi — video

Bektemir Melikuziyev - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.10.2023
Obuna bo‘lish
10 raundga belgilangan bellashuvning 4-raundida Bektemir raqibiga ketma-ket zarbalar yog‘dirdi. Natijada hakam jangni to‘xtatdi va texnik nokaut qayd etdi.
TOShKENT, 8 okt — Sputnik. O‘zbekiston vaqti bilan bugun, 8-oktabr kuni tongda o‘zbekistonlik bokschi Bektemir Meliqo‘ziyev o‘zining navbatdagi jangini o‘tkazdi.
Jang AQShning Las-Vegas shahrida bo‘lib o‘tdi.
Professional boksning super o‘rta vazn toifasi vakili Meliqo‘ziyevga Alantes Foks raqiblik qildi.
10 raundga belgilangan bellashuvning 4-raundida Bektemir raqibiga ketma-ket zarbalar yog‘dirdi. Natijada hakam jangni to‘xtatdi va texnik nokaut qayd etdi.
Shu tariqa Meliqo‘ziyev o‘zining WBA Intercontinental chempionlik kamarini yana bir marta himoya qildi.
Yangiliklar lentasi
0