O‘zbekistonda “Zakovat-Gambit” shaxmat chempionati o‘tkaziladi — ishtirok etish shartlari

© Ricardo630Shaxmat donalari
Shaxmat donalari - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.10.2023
Obuna bo‘lish
Turnir sovrin jamg‘armasi 600 million so‘mga teng.
TOShKENT, 7 okt — Sputnik. O‘zbekistonda III “Zakovat-Gambit” shaxmat chempionati bo‘lib o‘tadi, deya xabar berdi "Zakovat" Intellektual klubi.
“Zakovat-Gambit” shaxmat chempionati 18-19 noyabr kunlari o‘tkaziladi. Turnir sovrin jamg‘armasi 600 million so‘mga teng.
“Zakovat-Gambit” turnirida faqat O‘zbekiston fuqarolari ishtirok etishlari mumkin.
Chempionatda qatnashish uchun gambit.zakovat.tv veb-saytida ro‘yxatdan o‘tish lozim. Ro‘yxatdan o‘tishda ishtirokchilar o‘z reytingini hisobga olishi va tegishli guruhda ro‘yxatdan o‘tishi kerak.
Ushbu yirik shaxmat musobaqasi ishtirokchilari nafaqat o‘z kuchlarini sinash, balki professionallardan master-klass olish hamda xalqaro grossmeysterlar bilan shaxmat seanslarida bellashish imkoniyatini qo‘lga kiritishadi.
Yangiliklar lentasi
0