Ushbu gaz transport koridorining ishga tushirilishi strategik ahamiyatga ega — Mirziyoyev

© Sputnik Blijnee zarubejyePutin, Tokayev i Mirziyoyev dayut start postavkam rossiyskogo gaza v Kazaxstan i Uzbekistan.
Putin, Tokayev i Mirziyoyev dayut start postavkam rossiyskogo gaza v Kazaxstan i Uzbekistan. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.10.2023
Obuna bo‘lish
Mirziyoyev: ushbu loyihaning amalga oshirilishi energetika sohasida Rossiya, Qozog‘iston va O‘zbekiston o‘rtasidagi muvaffaqiyatli o‘zaro manfaatli hamkorlikning yorqin namunasidir.
TOShKENT, 7 okt — Sputnik. Ushbu gaz transport koridorining ishga tushirilishi strategik ahamiyatga ega. Bu haqda Shavkat Mirziyoyev "Gazprom" tomonidan O‘zbekistonga Rossiya gazini yetkazib berish marosimida ma’lum qildi.
O‘zbekiston rahbarining so‘zlariga ko‘ra, ushbu loyihaning amalga oshirilishi energetika sohasida Rossiya, Qozog‘iston va O‘zbekiston o‘rtasidagi muvaffaqiyatli o‘zaro manfaatli hamkorlikning yorqin namunasidir.

"Bu hamjihatlik va jahon iqtisodiyoti muammolariga, ayniqsa, energetika xavfsizligini ta’minlashda samarali javob bera olish qobiliyatining namoyonidir", dedi Mirziyoyev.

Putin, Tokayev va Mirziyoyev Rossiya gazini Qozog‘iston orqali O‘zbekistonga yetkazib berishni yo‘lga qo‘yishdi. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.10.2023
Mirziyoyev, Putin, Tokayev Rossiya gazini Qozog‘iston va O‘zbekistonga yetkazishni yo‘lga qo‘yishdi
Yangiliklar lentasi
0