https://oz.sputniknews.uz/20231006/xanchjou-2022-39727155.html
Xanchjou-2022: badiiy gimnastikachilarda “oltin”, Jo‘rayevda “kumush”, Nurudinovda esa “bronza”
Xanchjou-2022: badiiy gimnastikachilarda “oltin”, Jo‘rayevda “kumush”, Nurudinovda esa “bronza”
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonlik sportchilari Xitoyda o‘tayotgan Osiyo o‘yinlarida medallarga ega chiqishda davom etishmoqda.Bugundan bellashuvlarga kirishgan badiiy gimnastika bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari yakkalik dasturida saralash va jamoaviy yo‘nalish bo‘yicha final bahslarini o‘tkazishdi.
2023-10-06T18:17+0500
2023-10-06T18:17+0500
2023-10-06T18:31+0500
sport
osiyo o‘yinlari
ruslan nurudinov
akbar jo‘rayev
og‘ir atletika
gimnastika
o‘zbekiston
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/0a/06/39725359_0:132:1280:852_1920x0_80_0_0_f1db0df585818257d05f8c2661b22692.jpg
TOShKENT, 6 okt — Sputnik. O‘zbekistonlik sportchilar Xitoyda o‘tayotgan Osiyo o‘yinlarida medallarga ega chiqishda davom etishmoqda.Bugundan bellashuvlarga kirishgan badiiy gimnastika bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari yakkalik dasturida saralash va jamoaviy yo‘nalish bo‘yicha final bahslarini o‘tkazishdi. Taxmina Ikromova, Vilana Savadan hamda Evelina Atalyansdan iborat jamoa 324.8 ball jamg‘arishga erishdi.Shuningdek, bugungi chiqishlari orqali Taxmina Ikromova hamda Evelina Atalyans yakkalik yo‘nalishida ko‘pkurash dasturida medallar uchun kurashish imkonini saqlab qolishdi.Og‘ir atletika bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari Akbar Jo‘rayev va Ruslan Nurudinov Osiyo o‘yinlarining sovrindoriga aylanishdi.-109 kg vazn toifasida ishtirok etgan Akbar Jo‘rayev 417 (189+228) kg bilan kumush, Ruslan Nurudinov esa 391 (175+216) kg bilan bronza medalini qo‘lga kiritdi.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/0a/06/39725359_162:118:1141:852_1920x0_80_0_0_0f353c35e5dfa5488c2d49cd56e52c28.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
osiyo uyinlari 2023 o‘yinlari o‘zbekiston
osiyo uyinlari 2023 o‘yinlari o‘zbekiston
Xanchjou-2022: badiiy gimnastikachilarda “oltin”, Jo‘rayevda “kumush”, Nurudinovda esa “bronza”
18:17 06.10.2023 (yangilandi: 18:31 06.10.2023) Badiiy gimnastika bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi va og‘ir atletikachilar O‘zbekistonga navbatdagi medallarni taqdim etishdi.
TOShKENT, 6 okt — Sputnik. O‘zbekistonlik sportchilar Xitoyda o‘tayotgan Osiyo o‘yinlarida medallarga ega chiqishda davom etishmoqda.
Bugundan bellashuvlarga kirishgan badiiy gimnastika bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari yakkalik dasturida saralash va jamoaviy yo‘nalish bo‘yicha final bahslarini o‘tkazishdi.
Taxmina Ikromova, Vilana Savadan hamda Evelina Atalyansdan iborat jamoa 324.8 ball jamg‘arishga erishdi.
“Quvonarlisi, ushbu natijani hech bir jamoa takrorlay olmadi va hamurtlarimiz jamoaviy dasturda oltin medalni qo‘lga kiritishdi”, - deyilgan Milliy olimpiya qo‘mitasi xabarida.
Shuningdek, bugungi chiqishlari orqali Taxmina Ikromova hamda Evelina Atalyans yakkalik yo‘nalishida ko‘pkurash dasturida medallar uchun kurashish imkonini saqlab qolishdi.
Og‘ir atletika bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari Akbar Jo‘rayev va Ruslan Nurudinov Osiyo o‘yinlarining sovrindoriga aylanishdi.
-109 kg vazn toifasida ishtirok etgan Akbar Jo‘rayev 417 (189+228) kg bilan kumush, Ruslan Nurudinov esa 391 (175+216) kg bilan bronza medalini qo‘lga kiritdi.