Ukrainani dahshatli qish kutmoqda — OAV

© Depositphotos / DNKSTUDIOKiyev shahri
Kiyev shahri - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.10.2023
Obuna bo‘lish
Ukraina hukumati energiya ta’minoti tufayli kelayotgan qish avvalgisidan ham yomonroq bo‘lishidan qo‘rqishini yashirmayapti.
TOShKENT, 6 okt — Sputnik. Kelayotgan qish Ukraina uchun energiya ta’minoti bilan bog‘liq muammolar tufayli avvalgisidan ham yomonroq bo‘ladi. Bu haqda Serbiyaning "Politika" gazetasi sharhlovchisi Deyan Novakovich ma’lum qildi, deb yozoqda RIA Novosti.

“Ukraina hukumati energiya ta’minoti tufayli kelayotgan qish avvalgisidan ham yomonroq bo‘lishidan qo‘rqishini yashirmayapti. Ittifoqchilar Kiyevga moliyaviy va ishchi kuchi bilan yordam berib, ukrainalik muhandislarga kelayotgan sovuq mavsum uchun zarur bo‘lgan hamma narsani o‘z vaqtida tiklash uchun kechayu kunduz ishlash imkonini bermoqda. <...> Jarayon sekin ketmoqda”, — dedi Novakovich.

Uning qo‘shimcha qilishicha, sovuq qishga tayyorgarlik tizimlarga muntazam texnik xizmat ko‘rsatish bilan parallel ravishda olib borilmoqda. Biroq kuzatuvchining qayd etishicha, bu tizimlarning ko‘p qismlari allaqachon eskirgan.
Ukrainalik harbiylar, arxiv surat - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.10.2023
AQSh pullarisiz Ukraina jang maydonida jiddiy muammolarga duch keladi – OAV
Yangiliklar lentasi
0