https://oz.sputniknews.uz/20231006/sogliqni-saqlash-boshqarmalari-39729744.html
Sog‘liqni saqlash boshqarmalari xalq deputatlari Kengashlariga hisobot beradi
Sog‘liqni saqlash boshqarmalari xalq deputatlari Kengashlariga hisobot beradi
Sputnik O‘zbekiston
Mazkur hisobotni eshitish yakunlari bo‘yicha tegishli xalq deputatlari Kengashi tomonidan ularning faoliyati samaradorligiga baho beriladi. 06.10.2023, Sputnik O‘zbekiston
2023-10-06T20:41+0500
2023-10-06T20:41+0500
2023-10-06T20:41+0500
jamiyat
sog‘liqni saqlash vazirligi (ssv)
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/0a/1a/29487920_0:66:1280:786_1920x0_80_0_0_26e075a402a53ffebd9de84165774a96.jpg
TOShKENT, 6 okt — Sputnik. O‘zbekistonda Sog‘liqni saqlash boshqarmalari xalq deputatlari Kengashlariga hisobot beradi. Bu prezident 4-oktabr kun imzolagan qonunda ko‘zda tutilgan. “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi qonunga kiritilgan o‘zgartirishga ko‘ra, viloyatlar sog‘liqni saqlash boshqarmalari va Toshkent shahar sog‘liqni saqlash bosh boshqarmasi rahbarlari har yarim yillik yakunlari bo‘yicha tegishincha xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlariga hisobot taqdim etadi. Mazkur hisobotni eshitish yakunlari bo‘yicha tegishli xalq deputatlari Kengashi tomonidan ularning faoliyati samaradorligiga baho beriladi hamda tegishli qaror qabul qilinib, qaror Sog‘liqni saqlash vazirligiga yuboriladi.Bundan tashqari, tuman (shahar) tibbiyot birlashmalarining rahbarlari har yarim yillik yakunlari bo‘yicha tegishincha xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlariga hisobot taqdim etadi.Mazkur hisobotni eshitish yakunlari bo‘yicha tegishli xalq deputatlari Kengashi tomonidan qaror qabul qilinib, qaror sog‘liqni saqlashni boshqarish hududiy organlariga yuboriladi.Shuningdek, “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida”gi qonunga kiritilgan o‘zgartirishga ko‘ra, fuqarolar yig‘ini, tegishincha aholi biriktirilgan, tuman (shahar) ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikalari, oilaviy poliklinikalar va oilaviy shifokor punktlari rahbarlarining axborotini eshitadi.Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/0a/1a/29487920_66:62:1120:852_1920x0_80_0_0_fa2a9ad3eb80dada22817ebf7467ff71.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, sog‘liqni saqlash vazirligi (ssv)
jamiyat, sog‘liqni saqlash vazirligi (ssv)
Sog‘liqni saqlash boshqarmalari xalq deputatlari Kengashlariga hisobot beradi
Mazkur hisobotni eshitish yakunlari bo‘yicha tegishli xalq deputatlari Kengashi tomonidan ularning faoliyati samaradorligiga baho beriladi.
TOShKENT, 6 okt — Sputnik. O‘zbekistonda Sog‘liqni saqlash boshqarmalari xalq deputatlari Kengashlariga hisobot beradi. Bu prezident 4-oktabr kun imzolagan qonunda
ko‘zda tutilgan. “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi qonunga kiritilgan o‘zgartirishga ko‘ra, viloyatlar sog‘liqni saqlash boshqarmalari va Toshkent shahar sog‘liqni saqlash bosh boshqarmasi rahbarlari har yarim yillik yakunlari bo‘yicha tegishincha xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlariga hisobot taqdim etadi.
Mazkur hisobotni eshitish yakunlari bo‘yicha tegishli xalq deputatlari Kengashi tomonidan ularning faoliyati samaradorligiga baho beriladi hamda tegishli qaror qabul qilinib, qaror Sog‘liqni saqlash vazirligiga yuboriladi.
Bundan tashqari, tuman (shahar) tibbiyot birlashmalarining rahbarlari har yarim yillik yakunlari bo‘yicha tegishincha xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlariga hisobot taqdim etadi.
Mazkur hisobotni eshitish yakunlari bo‘yicha tegishli xalq deputatlari Kengashi tomonidan qaror qabul qilinib, qaror sog‘liqni saqlashni boshqarish hududiy organlariga yuboriladi.
Shuningdek, “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida”gi qonunga kiritilgan o‘zgartirishga ko‘ra, fuqarolar yig‘ini, tegishincha aholi biriktirilgan, tuman (shahar) ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikalari, oilaviy poliklinikalar va oilaviy shifokor punktlari rahbarlarining axborotini eshitadi.
Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.