Shavkat Mirziyoyev Vladimir Putin bilan uchrashdi — video

Obuna bo‘lish
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Rossiyaga rasmiy tashrifi 5-7 oktabr kunlari bo‘lib o‘tmoqda.
TOShKENT, 6 okt — Sputnik. Moskvada Kremlda Shavkat Mirziyoyev va Vladimir Putin ishtirokidagi muzokaralar boshlandi.
Uchrashuv boshida Putin Mirziyoyevga ikki davlat o‘rtasidagi aloqalarni rivojlantirishdagi shaxsan ishtiroki uchun minnatdorchilik bildirdi.
"Munosabatlarimiz juda muvaffaqiyatli rivojlanmoqda. Biz ittifoqchilar sifatidagi munosabatlarimizning yuksak darajasi va xususiyatini tasdiqlaymiz. Biz shu yo‘nalishda harakat qilyapmiz", - dedi Rossiya prezidenti.
Vladimir Putin, shuningdek O‘zbekistonda Rossiya kapitali ishtirokida 3000 ta korxonalar tashkil etilganini qayd etdi.
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiya bilan savdo-sotiq yiliga o‘rtacha 20% dan o‘sib borayotganini qayd etdi.
"Yil yakuniga ko‘ra, O‘zbekiston va Rossiya savdo-sotig‘i jajmi 12 milliard dollarga yetadi. Munosabatlar hajmida yiliga o‘rtacha 20% o‘sish kuzatilmoqda. Bunday suratda davom etsa yaqin yillar ichida $ 20 mlrd.ga yetadi", - dedi Shavkat Mirziyoyev.
Muzokaralar davomida O‘zbekiston-Rossiya o‘rtasidagi keng qamrovli strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.
Yangiliklar lentasi
0