Putin Mirziyoyev bilan tez orada yana uchrashishini ma’lum qildi

© Sputnik / Pavel Bednyakov / Mediabankka o‘tishPeregovori prezidenta RF V. Putina i prezidenta Uzbekistana G. Mirziyeyeva
Peregovori prezidenta RF V. Putina i prezidenta Uzbekistana G. Mirziyeyeva - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.10.2023
Obuna bo‘lish
Bishkekda 13-oktabr kuni MDH sammiti bo‘lib o‘tadi.
TOShKENT, 6 okt — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin O‘zbekiston rahbari Shavkat Mirziyoyev bilan tez orada yana uchrashishini ma’lum qildi.
“Biz xalqaro maydonda, birinchi navbatda, BMT, ShHT va, albatta, MDH kabi joylarda faol hamkorlik qilyapmiz. Tez orada biz Qirg‘izistondagi MDH sammiti doirasida yana uchrashamiz”, – dedi Putin Kremlda Mirziyoyev bilan muzokaralar chog‘ida.
MDH sammiti 13-oktabr kuni Qirg‘iziston rahbari Sadir Japarov boshchiligida Bishkekda bo‘lib o‘tadi. Tadbirda Hamdo‘stlik davlatlari rahbarlari qatnashishi kutilmoqda.
Sammitda Hamdo‘stlikka a’zo davlatlarning savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorligini kengaytirish va mustahkamlashga qaratilgan muhim qarorlar qabul qilinadi.
Yangiliklar lentasi
0