Putin G‘arb gegemonligiga tashxis qo‘ydi
© Sputnik / Grigoriy Sisoyev / Mediabankka o‘tishPrezident RF V. Putin prinyal uchastie v rabote diskussionnogo kluba "Valday"
© Sputnik / Grigoriy Sisoyev
/ Obuna bo‘lish
Putin Rossiya G‘arbning umumjahon gegemoniya da’vosiga nafaqat qarshi chiqqanini tasdiqladi, balki bu gegemonlik yo‘q qilinayotganini va u yo‘q qilinishiga ishonch bildirdi.
Prezident Putin bu safar Valday klubi yig‘ilishida deyarli to‘rt soat davomida ishtirok etgan bo‘lsada, eng muhim fikrni o‘z nutqining ochilish qismida aytib o‘tdi.
Rossiya prezidenti so‘z boshida nafaqat hozirgi xalqaro vaziyat haqidagi tushunchasini shakllantirgan, balki kelajak haqidagi tasavvurlarini ham. Global kelajak haqidagi.
Rossiya prezidenti so‘z boshida nafaqat hozirgi xalqaro vaziyat haqidagi tushunchasini shakllantirgan, balki kelajak haqidagi tasavvurlarini ham. Global kelajak haqidagi.
U hatto Rossiyaning buyukligi formulasini aytib ham berdi: suverenitetni mustahkamlash, o‘zini o‘zi ta’minlash deb tushunilgan.
Putinning aytishicha, Ukraina inqirozi hududiy mojaro emas, balki yangi dunyo tartibi tamoyillari uchun kurashdir. Oldimizda yangi dunyo qurish vazifasi turibdi, chunki dunyo tartibida allaqachon o‘zgarishlar ro‘y bermoqda va vaqt siqilayotganga o‘xshaydi. Mustahkam tinchlik esa, qachonki "Hech kim boshqalarni gegemon xohlagan tarzda yashashga majbur qila olmasa" o‘rnatiladi.
Ya’ni, Putin Rossiya G‘arbning umumjahon gegemoniya da’vosiga nafaqat qarshi chiqqanini tasdiqladi, balki bu gegemonlik yo‘q qilinayotganini va u yo‘q qilinishiga ishonch bildirdi. Va bu asosiy uch omil yordamida amlaga oshadi: G‘arbning uzoqni ko‘ra olmaslik va o‘ziga bo‘lgan ortiqcha ishonchi, jahon sivilizatsiyalarining muvozanatli va adolatli dunyo tartibini barpo etishga intilishi va Rossiyaning sa’y-harakatlari tufayli.
Putin amalda uchinchisi haqida deyarli gapirmadi, lekin u G‘arb va jahon sivilizatsiyalari haqida aniq fikrlar bildirdi: "AQSh va uning sun’iy yo‘ldoshlari gegemonlik yo‘nalishini qat’iy tanladilar - harbiy, siyosiy, iqtisodiy, madaniy va hatto ma’naviy qadriyatlar sohasida ham.”
Shu bilan birga, Putin "boshdanoq monopoliya o‘rnatishga urinishlar muvaffaqiyatsizlikka uchragani bizga ayon bo‘lganini" ta’kidladi: "Dunyo yagona tizimga bo‘y sunmaydi, chunki u juda murakkab va xilma-xildir". Rossiya, Xitoy, Hindiston, va , islom olami va G‘arbning o‘zida ham dunyo hukmronligiga da’volarlik qilish befoydaligi va hatto (G‘arb uchun xavfliligi) haqida ogohlantirganlar ko‘p bo‘lgan. Biroq, ular ogohlantirishlarga, jumladan, Putinning takliflariga ham e’tibor berishmadi. Xo‘sh, bu nima uchun sodir bo‘ldi?
Putinning o‘zi bu savolga javob berdi: "Aftidan, muammo geosiyosiy manfaatlar va boshqalarga nisbatan takabbur munosabatda bo‘lishda. Mana gap nimada — haddan ortiq o‘ziga ishonishda".
Ammo o‘ziga ishonch sabablardan bittasi. Putinning nutqida bu savolga chuqurroq javob ham mavjud. G‘arbning ulkan qudrati ko‘p asrlik mustamlakachilik siyosati va koloniyalarni talon-taroj qilish natijasida to‘planganini ta’kidlab, u shunday xulosa qildi:
"G‘arb tarixi, aslida, cheksiz kengayish yilnomasidir. G‘arbning dunyoga ta’siri bu ulkan harbiy-moliyaviy piramida bo‘lib, u o‘zini ta’minlash uchun doimo yangi yoqilg‘iga - boshqalarga tegishli tabiiy, texnologik, inson resurslariga muhtoj. Shuning uchun, G‘arb shunchaki o‘zini to‘xtata olmaydi va bunday qilish niyati ham yo‘q."
Atrofdagilar bu yaxshi oqibatlarga olib kelmasligini aytib tursa ham, G‘arb nega gegemonlikka intilishda davom etmoqda, degan savolga keng qamrovli javobdir. Chunki G‘arb katta tezlikda oldinga intilayotgan velosipedchi kabi o‘zini to‘xtata olmaydi.
Agar u to‘xtasa, u yiqilib tushadi, lekin G‘arbning muammosi shundaki, unda tormoz ham yo‘q. "Anglo-Sakson gegemoniyasi" velosipedining tormozlari buzilganmi yoki Atlantika elitalari ulardan foydalanishni xohlamaydilarmi? (yoki bilmaydilarmi) - bu ikkinchi savol. Asosiysi, dunyoning qolgan qismi bu ko‘rdi va anladi: "g‘amsiz poygachi" tezligini pasaytirmoqchi emas va o‘z g‘alabasiga ishonadi. Uning g‘alabasi esa — boshqalar, o‘zlari buni xohlamay turib, G‘arbga yaqinlashib kelayotgan jar haqida aytib turib, unga ergashishga majbur bo‘lishida.
Muammmo shundaki, poyganing boshqa ishtirokchilari shunchaki to‘xtay yoki boshqa yo‘lga burila olmaydilar. Hamma bir zanjir bilan bog‘langan va G‘arbning umumiy quvvati unga hozircha yetakchilikni saqlab qolishga qodir. Yetakchilikdan voz kechish haqidagi fikrni ham u qabul qilmaydi. Xo‘sh, uni nima qilish kerak?
Mana shu joiyda, sivilizatsiya muhim rol o‘ynay boshlaydi. Dunyoning boshqa sivilizatsiyalari yangi dunyo tartibi haqida kelishib olishi (ya’ni poyga qoidalari va yo‘nalishini o‘zgartirish bo‘yicha muvofiqlashtirilgan harakatlar) amalga oshirish istagi va qobiliyati kerak bo‘ladi.
Putin Valday klubi forumida aynan mana shu narsalar haqida gapirdi. O‘ziga xos davlat-sivilizatsiya bo‘lgan Rossiyaning xususiyatlari, nafaqat uning o‘z rivojlanishini aks ettiradi, balkin butun dunyo tartibining asoslarini ham aks etadi. Ushbu yangi dunyo tartibi g‘alabasiga biz umid qilamiz".
Putinga ko‘ra, kelajak — bu ko‘p qirrali, teng huquqli xilma-xil sivilizatsiyalar dunyosidir.
"Ishonchim komilki, insoniyat tarqoq raqobat, yoki bloklarga bo‘lingan holda qarama-qarshilik qilish yoki hammani bir qozonda qaynatib universal madaniyat yaratish yo‘lidan borayotgani yo‘q. Insoniyat sivilizatsiya-davlatlar sinergiyasi, katta hududlar, umumiy qadriyatli jamiyatlar tomon ketmoqda", - dedi Putin.
Shu bilan birga, sivilizatsiya hammaga mos keladigan universal narsa emas. Har bir sivilizatsiya boshqalardan farq qiladi, har biri madaniy jihatdan o‘ziga xos, to‘liq va g‘oya va qadriyatlarini o‘z tarixi va an’analaridan oladi. O‘ziga bo‘lgan hurmat, albatta, boshqalarning hurmatdan kelib chiqadi, lekin bu boshqalarni ham hurmat qilishni anglatadi. Shu sababli ham sivilizatsiya hech kimga hech narsani majburlamaydi, va o‘ziga majburlab kiritishga ham yo‘l qo‘ymaydi. Agar har bir sivilizatsiya aynan shunday qoidaga amal qilsa, bu xalqaro munosabatlarning barcha ishtirokchilarining uyg‘un yashashi va o‘zaro yaratuvchan hamkorligini ta’minlaydi”.
Bular shunchaki orzular, chunki sivilizatsiyalar doimo raqobatlashadi. Shundaymi? Yo‘q, chunki muammo raqobatda (yoki dushmanlik) qilishda emas, balki bitta sivilizatsiyaning o‘z qadriyatlarini qolgan barchaga majburiy singdirishga urinishida. Qolaversa, G‘arb bugun o‘z Yevropa sivilizatsiyasini yoki uning Anglo-Sakson versiyasini singdirishga urinmayapti — G‘arb elitasining globalist qismi trangumanistik (ya’ni insondan keyingi) qadriyatlarni, G‘arbga ham Sharqqa ham birdek begona bo‘lgan transsivilizatsiyani targ‘ib qilmoqda.
Va bu diktatga qarshilik tobora kuchayib bormoqda. Putin aynan ushbu tendensiyani tushungan holda, bugungi tartibsiz va afsuski, o‘zining asosiy qadriyatlarini yo‘qotgan dunyoda, "aynan sivilizatsiyalarga suyanish va davlat-sivilizatsiyalarni tobora ko‘proq qo‘llab-quvvatlash muvaffaqiyatga erishishning zaruriy sharti" degan tushunchaga kelgan.
Rossiya esa aynan shu narsaga - jahonning gullab-yashnagan murakkab sivilizatsiyalari yangi dunyoni qanday qurish va kelajakka yangi yo‘lni qanday tanlash haqida o‘zaro kelishib olishlariga pul tikmoqda. Haqiqat tuyg‘usini yo‘qotgan “ilg‘or insoniyat yetakchisi” hammani olib ketayotgan jarlikka o‘rniga.