https://oz.sputniknews.uz/20231006/ozbekiston-tatariston-hamkorlik-raqamlar-39710714.html
O‘zbekiston va Tatariston: hamkorlik raqamlarda
O‘zbekiston va Tatariston: hamkorlik raqamlarda
Sputnik O‘zbekiston
Shavkat Mirziyoyev 5-7 oktabr kunlari rasmiy tashrif bilan Rossiyada bo‘lib turibdi. Prezident safarini Tatariston poytaxti Qozonga tashrif bilan boshladi.
2023-10-06T16:51+0500
2023-10-06T16:51+0500
2023-10-06T16:51+0500
infografika
o‘zbekiston
tatariston
hamkorlik
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/0a/06/39702158_0:0:3639:2047_1920x0_80_0_0_8068cd799378202da97e3374445f28fd.png
O‘zbekiston Rossiya hududiga kimyo mahsulotlari, shuningdek, to‘qimachilik va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini eksport qiladi. Tatariston, o‘z navbatida, sharqqa avtomobil va jihozlar, shuningdek, yog‘och va plastmassa buyumlar sotadi.Ikki respublika o‘rtasidagi tovar ayirboshlash 2023-yilning birinchi yarmida 30 foizga oshgan bo‘lsa, 2022-yil yakuniga ko‘ra o‘zaro tovar ayirboshlash hajmi 50 foizga oshdi.Toshkent va Qozon shaharlarida “KAMAZ” OAJ va “Tatneft” kabi gigantlar ishtirokida bir qancha yirik va muvaffaqiyatli loyihalar amalga oshirilmoqda.Tatariston raisi Rustam Minnixanov ta’kidlaganidek, respublika O‘zbekistonga yetkazib beriladigan tovar va xizmatlar hajmi va ro‘yxatini oshirish, qo‘shma loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha ishlarni davom ettiradi. Shuningdek, u O‘zbekistonda Tatariston vakolatxonasi, Qozon shahrida esa O‘zbekiston Bosh konsulligi muvaffaqiyatli faoliyat yuritayotganini eslatdi.Qozon va Toshkent, Samarqand va Farg‘ona o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yildi. Savdo-sanoat palatalari, Tataristonning yetakchi korxona va tashkilotlari orqali ishlar olib borilmoqda. O‘zbekistonga KAMAZ avtomobillari yetkazib berilmoqda, Toshkentda avtomarkaz, Samarqandda avtogigant avtomobillarini yig‘ish liniyasi ochildi.O‘tgan yili O‘zbekistonda Tataristonning “Ximgrad” texnopolis va o‘zbekistonlik hamkorlarining qo‘shma loyihasi bo‘lgan “Chirchiq” kimyo-sanoat texnoparkining ochilishi bo‘lib o‘tdi. Jizzaxda Qozon federal universitetining filiali mavjud. Shuningdek, joriy yilning aprel oyida Jizzaxda ikkinchi qo‘shma texnoparkning ochilishi bo‘lib o‘tdi. Ayni paytda Buxoro va Navoiy viloyatlarida sanoat maydonchalarini tashkil etish ishlari olib borilmoqda.O‘zbekistondagi tatar diasporasi 300 mingga yaqin kishini tashkil qiladi.
o‘zbekiston
tatariston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/0a/06/39702158_455:0:3184:2047_1920x0_80_0_0_334a559d17744d3fdaf8a7829b482050.pngSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
shavkat mirziyoyev rossiyada tatariston qozon tashrif infografika
shavkat mirziyoyev rossiyada tatariston qozon tashrif infografika
O‘zbekiston va Tatariston: hamkorlik raqamlarda
Shavkat Mirziyoyev 5-7 oktabr kunlari rasmiy tashrif bilan Rossiyada bo‘lib turibdi. Prezident safarini Tatariston poytaxti Qozonga tashrif bilan boshladi. O‘zbekiston va Tatariston — mintaqaviy aloqalar samaradorligini isbotlagan ko‘p yillik hamkorlardir.
O‘zbekiston Rossiya hududiga kimyo mahsulotlari, shuningdek, to‘qimachilik va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini eksport qiladi. Tatariston, o‘z navbatida, sharqqa avtomobil va jihozlar, shuningdek, yog‘och va plastmassa buyumlar sotadi.
Ikki respublika o‘rtasidagi tovar ayirboshlash 2023-yilning birinchi yarmida 30 foizga oshgan bo‘lsa, 2022-yil yakuniga ko‘ra o‘zaro tovar ayirboshlash hajmi 50 foizga oshdi.
Toshkent va Qozon shaharlarida “KAMAZ” OAJ va “Tatneft” kabi gigantlar ishtirokida bir qancha yirik va muvaffaqiyatli loyihalar amalga oshirilmoqda.
Tatariston raisi Rustam Minnixanov ta’kidlaganidek, respublika O‘zbekistonga yetkazib beriladigan tovar va xizmatlar hajmi va ro‘yxatini oshirish, qo‘shma loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha ishlarni davom ettiradi. Shuningdek, u O‘zbekistonda Tatariston vakolatxonasi, Qozon shahrida esa O‘zbekiston Bosh konsulligi muvaffaqiyatli faoliyat yuritayotganini eslatdi.
Qozon va Toshkent, Samarqand va Farg‘ona o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yildi. Savdo-sanoat palatalari, Tataristonning yetakchi korxona va tashkilotlari orqali ishlar olib borilmoqda. O‘zbekistonga KAMAZ avtomobillari yetkazib berilmoqda, Toshkentda avtomarkaz, Samarqandda avtogigant avtomobillarini yig‘ish liniyasi ochildi.
O‘tgan yili O‘zbekistonda Tataristonning “Ximgrad” texnopolis va o‘zbekistonlik hamkorlarining qo‘shma loyihasi bo‘lgan “Chirchiq” kimyo-sanoat texnoparkining ochilishi bo‘lib o‘tdi. Jizzaxda Qozon federal universitetining filiali mavjud. Shuningdek, joriy yilning aprel oyida Jizzaxda ikkinchi qo‘shma texnoparkning ochilishi bo‘lib o‘tdi. Ayni paytda Buxoro va Navoiy viloyatlarida sanoat maydonchalarini tashkil etish ishlari olib borilmoqda.
O‘zbekistondagi tatar diasporasi 300 mingga yaqin kishini tashkil qiladi.