Putin O‘zbekistonga qancha gaz yetkazib berilishini aytdi

© Sputnik / Vitaliy Timkiv / Mediabankka o‘tishZaporniy kran na kompressornoy stansii
Zaporniy kran na kompressornoy stansii - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.10.2023
Obuna bo‘lish
Oktabr oyida Rossiya gazini O‘zbekistonga to‘liq yetkazib berish boshlanadi.
TOShKENT, 6 okt — Sputnik. Rossiya oktabr oyining o‘zidayoq Qozog‘iston va O‘zbekistonga 3 milliard kubometrdan Rossiya gazini yetkazib berishni boshlaydi. Keyinchalik bu hajmlar ko‘paytirilishi mumkin. Bu haqda Rossiya prezidenti Vladimir Putin “Valday” xalqaro munozaralar klubining yalpi majlisida ma’lum qildi.
“Texnik jihatdan bu allaqachon amalga oshirilgan. Shu yil oktabr oyida to‘liq yetkazib berish boshlanadi. Hozircha kichik hajmlarda, biroq bu Qozog‘iston iqtisodiyoti uchun ham, O‘zbekiston iqtisodiyoti uchun ham o‘ta muhim. Yiliga uch milliard kubometr yetkazib beramiz, keyin esa ko‘paytirishimiz mumkin", — dedi Putin.
Avvalroq Qozog‘iston energetika vaziri Almasadam Satkaliyev Qozog‘iston orqali Rossiya gazini O‘zbekistonga yetkazib berishni boshlash oktabr oxirida boshlanishi kutilayotganini ma’lum qilgan edi. Hozir Qozog‘iston hududida olib borilayotgan ta’mirlash ishlari yakunlanmoqda. Ular qurilish, gazni hisobga olish uchun alohida liniyani ajratish ishlari bilan bog‘liq.
O‘zbekiston Energetika vazirligi Rossiya tabiiy gazini import qilish uchun mamlakatda infratuzilma tayyorlab qo‘yilgani va 1-oktabrdan gazni qabul qilishga tayyorligini ma’lum qilgan edi.
Eslatib o‘tamiz, 16-iyun kuni Peterburg Xalqaro iqtisodiy forumida Rossiya gazini O‘zbekistonga yetkazib berish bo‘yicha shartnoma va respublika gaz uzatish tizimini Rossiya gazini qabul qilishga tayyorlash bo‘yicha “yo‘l xaritasi” imzolangan edi.
O‘zbekiston Energetika vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, shartnoma doirasida kuniga 9 million kubometr tabiiy gazni import qilish mo‘ljallanmoqda. Yillik hajm esa qariyb 2 milliard 800 million kubometrni tashkil etadi.
Yangiliklar lentasi
0