O‘zbekiston va Qozog‘iston temir yo‘l tizimi raqamlashtirishda hamkorlik qiladi

© unsplash.com/Yulian AlexeyevTemir yo‘llari
Temir yo‘llari - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.10.2023
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston va Qozog‘iston rivojlangan temir yo‘l tizimini yaratish maqsadida raqamlashtirish sohasida hamkorlik qiladi.
TOShKENT, 6 okt — Sputnik. O‘zbekiston va Qozog‘iston temir yo‘l tizimi raqamlashtirishda hamkorlik qiladi, deya xabar berdi "O‘zbekiston temir yo‘llari".
"O‘zbekiston temir yo‘llari" va "Qozog‘iston temir yo‘llari" rahbariyati o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
© press-slujba Uzbekiston temir yullariO‘zbekiston va Qozog‘iston temir yo‘llari rahbariyati o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uzbekistan – Kazaxstan: Provedeni peregovori po voprosam sotrudnichestva i vzaimodeystviya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.10.2023
O‘zbekiston va Qozog‘iston temir yo‘llari rahbariyati o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv davomida temir yo‘l tarmog‘ini isloh qilish, raqamlashtirish, sanoat kooperatsiyasi bo‘yicha tajriba almashish, shuningdek, transport hajmini oshirish va tranzit tashishni tezlashtirish ishlar muhokama etildi.
Shuningdek, ish samaradorligini oshirish va ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini yaxshilash maqsadida ushbu sohalarda faol hamkorlik qilishga har ikki davlat vakili tayyor ekanliklarini bildirishdi.
Shu bilan birga, temir yo‘l transporti samaradorligi va xavfsizligini oshirishga yordam beradigan yangi texnologiyalar va boshqaruv tizimlarini joriy etish bo‘yicha tajriba almashishdi.
“Uchrashuv natijalariga ko‘ra, endilikda innovatsion va texnologik jihatdan rivojlangan temir yo‘l tizimini yaratish maqsadida raqamlashtirish sohasida hamkorlik qilinadi”, — deyiladi xabarda.
Uchrashuv yakunida ikki tomonlama masalalar bo‘yicha muntazam uchrashuvlar va maslahatlashuvlarni tashkil etishni o‘z ichiga olgan keyingi harakatlar rejasi kelishib olindi.
Yangiliklar lentasi
0