https://oz.sputniknews.uz/20231006/ozbekiston-chang-boronlar-39714918.html
O‘zbekistondagi chang bo‘ronlari sabablari — video
O‘zbekistondagi chang bo‘ronlari sabablari — video
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda chang bo‘ronlariga sabab bo‘luvchi 2 ta omil aniqlandi.
2023-10-06T20:22+0500
2023-10-06T20:22+0500
2023-10-06T20:22+0500
o‘zbekiston
jamiyat
chang bo‘roni
o‘zbekistonda ob-havo
o‘zgidromet
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/0b/05/21232935_0:0:2730:1536_1920x0_80_0_0_70b440221ffc1ec277040fbfb745d045.jpg
TOShKENT, 6 okt — Sputnik. O‘zbekistonda chang bo‘ronlariga sabab bo‘luvchi omillar o‘rganildi, deya xabar berdi Gidrometeorologiya xizmati.Qayd etilishicha, O‘zbekistonda chang bo‘ronlariga sabab bo‘luvchi 2 ta omil aniqlandi. Bular tashqi va ichki omillardir.Tashqi omil:Ichki omillar:Hozirgi kunda Atrof-muhit sifati monitoringi boshqarmasi 26 ta shaharning 74 ta statsionar kuzatuv punktlarida havo ifloslanishini kuzatadi. Ulardan 66 ta statsionar postda kuniga 3-marta havodan namuna olish amalga oshiriladi. Respublikaning Jizzax, Guliston, Samarqand, Termiz, Nukus, Urganch va Toshkent shaharlarida o‘rnatilgan 8 ta zamonaviy avtomatik monitoring stansiyalarida "Horiba" onlayn kuzatuvlar amalga oshirilmoqda.Qo‘shimcha qilinishicha, Gidrometeorologiya xizmati agentligi BMT Taraqqiyot dasturiga muvofiq “Iqlim o‘zgarishiga moslashish rejasi”ni ishlab chiqmoqda.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/0b/05/21232935_0:0:2730:2048_1920x0_80_0_0_58bf3cf947e7673257be877d16b3c34f.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekiston chang bo‘ronlari sabab o‘zgidromet
o‘zbekiston chang bo‘ronlari sabab o‘zgidromet
O‘zbekistondagi chang bo‘ronlari sabablari — video
O‘zbekistonda chang bo‘ronlariga sabab bo‘luvchi 2 ta omil aniqlandi.
TOShKENT, 6 okt — Sputnik. O‘zbekistonda chang bo‘ronlariga sabab bo‘luvchi omillar o‘rganildi, deya xabar berdi Gidrometeorologiya xizmati.
Qayd etilishicha, O‘zbekistonda chang bo‘ronlariga sabab bo‘luvchi 2 ta omil aniqlandi. Bular tashqi va ichki omillardir.
Qozog‘iston, Turkmaniston va Afg‘oniston hududlarida global iqlim o‘zgarishi ta’sirida yomg‘ir miqdori keskin kamaygani;
Suv havzalari qurishi fonida sug‘oriladigan yerlarning degradatsiyaga uchrashi sababli cho‘llanish avj olib, kuchli bo‘ronlar sodir bo‘lmoqda va qum-chang ko‘tarilib, O‘zbekiston hududiga kirib kelmoqda;
O‘zbekistoning G‘arbiy (Buxoro) va Janubiy (Qashqadaryo va Surxondaryo) viloyatlariga esa, Turkmaniston va Shimoliy Afg‘onistonning (Afg‘on shamoli) cho‘l hududlarida ko‘tarilgan qum va changlar bo‘ronlar orqali kirib kelmoqda.
Mamlakatda cho‘llanish va yaylovlar degradatsiyasining avj olishi;
Qurilish maydonlari sonining ortishi natijasida shamol fonida unda chang va qum zarrachalarining havoga ko‘tarilishi;
Atmosferaga sanoat korxonalari va avtomashinalar tomonidan zararli tutunlarning chiqarilishi.
Hozirgi kunda Atrof-muhit sifati monitoringi boshqarmasi 26 ta shaharning 74 ta statsionar kuzatuv punktlarida havo ifloslanishini kuzatadi. Ulardan 66 ta statsionar postda kuniga 3-marta havodan namuna olish amalga oshiriladi.
Respublikaning Jizzax, Guliston, Samarqand, Termiz, Nukus, Urganch va Toshkent shaharlarida o‘rnatilgan 8 ta zamonaviy avtomatik monitoring stansiyalarida "Horiba" onlayn kuzatuvlar amalga oshirilmoqda.
Qo‘shimcha qilinishicha, Gidrometeorologiya xizmati agentligi BMT Taraqqiyot dasturiga muvofiq “Iqlim o‘zgarishiga moslashish rejasi”ni ishlab chiqmoqda.