Shavkat Mirziyoyevning Rossiyaga tashrifi doirasida imzolangan hujjatlar — ro‘yxat

© Sputnik / Pavel Bednyakov / Mediabankka o‘tishPeregovori prezidenta RF V. Putina i prezidenta Uzbekistana Sh. Mirziyeyeva
Peregovori prezidenta RF V. Putina i prezidenta Uzbekistana Sh. Mirziyeyeva - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.10.2023
Obuna bo‘lish
Shavkat Mirziyoyevning Rossiyaga tashrifi doirasida O‘zbekiston va Rossiya hukumat muassasalari, uyushma va kompaniyalari orasida jami 24ta hujjat imzolandi.
TOShKENT, 6 okt — Sputnik. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Rossiya Federatsiyasiga rasmiy tashrifi doirasida, shuningdek, Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi uchinchi mintaqalararo hamkorlik forumi doirasida qabul qilingan va imzolangan hujjatlar ro‘yxati.
1.
Rossiya Federatsiyasi Prezidenti V.V.Putin va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyevning har tomonlama strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini chuqurlashtirish to‘g‘risidagi qo‘shma bayonoti
2.
Rossiya Federatsiyasi Hukumati va O‘zbekiston Respublikasi Hukumati o‘rtasida neft mahsulotlarini temir yo‘l orqali yetkazib berish to‘g‘risidagi Bitim.
3.

Rossiya Federatsiyasi Hukumati va O‘zbekiston Respublikasi Hukumati o‘rtasida neft yetkazib berish sohasidagi hamkorlikni kengaytirish to‘g‘risidagi Bitim.
4.
Rossiya Federatsiyasi Hukumati va O‘zbekiston Respublikasi Hukumati o‘rtasida Rossiya Federatsiyasining Samarqand shahrida Bosh konsulligini tashkil etish to‘g‘risidagi Bitim.
5.
Rossiya Federatsiyasi Tashqi ishlar vazirligi va O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi o‘rtasidagi 2024–2025 yillarga mo‘ljallangan hamkorlik dasturi.
6.
Federal bojxona xizmati (Rossiya Federatsiyasi) va O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qo‘mitasi o‘rtasida vakolatli iqtisodiy operatorning tegishli muassasalarini o‘zaro tan olish to‘g‘risidagi bitim.
7.
Rossiya Federatsiyasi Iqtisodiy rivojlanish vazirligi va O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi o‘rtasida "Agroekspress" tezurar temir yo‘l tashishlarini tashkil etish loyihasini amalga oshirish bo‘yicha hamkorlik to‘g‘risidagi bitim.
8.
Millatlar ishlari bo‘yicha federal agentlik (Rossiya Federatsiyasi) va O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy davlatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi o‘rtasida o‘zaro anglashuv memorandumi.
9.
“Kurchatov instituti” Milliy tadqiqot markazi” federal davlat budjet muassasasi va O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi o‘rtasida ilmiy va ilmiy-texnikaviy hamkorlik to‘g‘risidagi bitim.
10.
Rossiya Federatsiyasi Fan va oliy ta’lim vazirligi va O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi o‘rtasida oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar sohasidagi kelishuvlarni amalga oshirish bo‘yicha 2023 – 2025-yilga mo‘ljallangan qo‘shma harakatlar rejasi.
11.
“Rossiya temir yo‘llari” AJ va “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha o‘zaro anglashuv memorandumi.

Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi uchinchi mintaqalararo hamkorlik forumi doirasida:
12.
Tatariston Respublikasi (Rossiya Federatsiyasi) Hukumati va Surxondaryo viloyati (O‘zbekiston Respublikasi) hokimligi o‘rtasidagi kelishuv.
13.
Boshqirdiston Respublikasi (Rossiya Federatsiyasi) hukumati va Jizzax viloyati (O‘zbekiston Respublikasi) hokimligi o‘rtasidagi 2023–2025 yillarga mo‘ljallangan hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi (yo‘l xaritasi).
14.
Boshqirdiston Respublikasi (Rossiya Federatsiyasi) Hukumati va Farg‘ona viloyati (O‘zbekiston Respublikasi) hokimligi o‘rtasida 2023–2025 yillarga mo‘ljallangan hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi (yo‘l xaritasi).
15.
Rossiya-O‘zbekiston va O‘zbekiston-Rossiya ishbilarmonlar kengashlari o‘rtasida ishbilarmon doiralari o‘rtasidagi hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha kompleks harakatlar dasturi.
16.
"Vaylberriz" MChJ va Toshkent viloyati hokimligi o‘rtasida Toshkent viloyatida multimodal logistika markazini qurish bo‘yicha hamkorlik to‘g‘risidagi memorandum.
17.
Toshkent shahar hokimligi va “GMS Grup” boshqaruv kompaniyasi” MChJ o‘rtasida o‘zaro anglashuv memorandumi
18.
"Vayldberris" MChJ va O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi o‘rtasida internet-tijoratni rivojlantirish bo‘yicha hamkorlik to‘g‘risida o‘zaro anglashuv memorandumi
19.
OZON (internet savdo magazini) va O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi o‘rtasida o‘zaro anglashuv memorandumi
20.
GAU "Texnopark", “IT Park” va OOO "Direksiya Texnologicheskogo parka programmnix produktov i informatsionnix texnologiy" o‘rtasida hamkorlik memorandumi.
21.
Tatariston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi ittifoqi va "O‘zcharmsanoat" uyushmasi o‘rtasidagi hamkorlik memorandumi.
22.
"AleksanderGRADЪ" MChJ (Rossiya Federatsiyasi) va "Navoiy" EIZ direksiyasi AJ (O‘zbekiston Respublikasi) o‘rtasidagi hamkorlik shartnomasi
23.
OOO NPP "RU-INJINIRING" va "O‘ZMETKOMBINAT" AJ o‘rtasida o‘zaro anglashuv memorandumi
24.
OOO UK "KER-XOLDING" va "O‘ZMETKOMBINAT" AJ o‘rtasida o‘zaro anglashuv memorandumi
Mirziyoyev 5-7 oktabr kunlari rasmiy tashrif bilan Rossiyada bo‘ldi. O‘zbekiston prezidentining tashrifi 5-oktabr kuni Qozon shahridan boshlandi. U yerda Shavkat Mirziyoyev Rossiya - O‘zbekiston uchinchi mintaqalararo forumida ishtirok etdi va Tatariston sanoat salohiyati ko‘rgazmasini tomosha qildi. Shuningdek Tatariston rahbari Rustam Minnixanov bilan uchrashdi.
Yangiliklar lentasi
0