Maxsus operatsiya: so‘nggi haftaning asosiy xabarlari
© Sputnik / Stanislav Krasilnikov / Mediabankka o‘tishBoyevaya rabota raschetov buksiruyemix gaubis D-30 SVO v zone provedeniya SVO.
© Sputnik / Stanislav Krasilnikov
/ Obuna bo‘lish
Rossiya Qurolli kuchlarining Ukrainani demilitarizatsiya va denatsifikatsiya qilish bo‘yicha maxsus harbiy operatsiyasi, belgilangan maqsadlar yo‘nalishida, muvaffaqiyatli davom etmoqda.
TOShKENT, 6 okt — Sputnik. Rossiya Federatsiyasi olib borayotgan maxsus harbiy operatsiyaning 29-sentabrdan — 6-oktabr orasida sodir bo‘lgan asosiy voqealari.
Mudofaa vazirligi hisoboti:
Rossiya Federatsiyasi Qurolli kuchlari Ukraina harbiy infratuzilma obyektlariga uzoq masofali yuqori aniqlikdagi qurollar va uchuvchisiz apparatlar yordamida 14 ta guruhli zarbalar berdi.
Zarbalar UQK o‘q-dori omborlari, raketa, artilleriya va harbiy-texnika vositalari, qurol-aslaha va harbiy texnika ishlab chiqaruvchi korxonalari sexlari, shuningdek, ukrainalik harbiylar, millatchilar va xorijlik yollanma askarlarni joylashtirish nuqtalariga berildi. Quyidagilar yo‘q qilindi: "Punisher" va "Furiya" uchuvchisiz apparatlarini yig‘ish ustaxonasi, HIMARS raketalarini saqlash omborlari, “Storm Shadow” va "Scalp" qanotli raketalar shuningdek, portlovchi moddalarni ishlab chiqarish uchun komponentlar omborxonali.
Bundan tashqari, Ukraina millatchi tuzilmalari, chet ellik yollanma askarlar va instruktorlarning vaqtinchalik joylashtirish punktlarida ham zarbaga uchradi.
Kupansk yo‘nalishida "G‘arb" qo‘shinlar guruhi Sinkovka, Timkovka, Novoselovskoe va Novolyubovka aholi puntklari hududida UQKning 25-Havo-desant, 14, 43 va 92 mexanizatsiyalashgan brigadalarining 4ta hujumini qaytardi. Dushman yo‘qotishlari (qurbonlar va yaralangan) 405 dan ortiq harbiy xizmatchi, 5 ta tank va boshqa zirhli jangovar texnikasi, 15 ta texnikasi, shuningdek, 15 ta dala artilleriya to‘pini tashkil etdi. Xarkov viloyatining Volchansk, Kupansk va Liptsy aholi punktlari hududlarida Ukraina Qurolli kuchlarining to‘rtta o‘q-dorilar ombori yo‘q qilindi.
Krasniy Liman yo‘nalishida Yampolovka, Chervonaya Dibrova va Kuzmino aholi punktlari hududlaridaUQKning 12-maxsus kuchlar brigadasi, 63- va 67-mexanizatsiyalashgan brigadalari yo‘qolgan pozitsiyalarni tiklashga muvaffaqiyatsiz urinishdi. "Markaz" qo‘shinlari dushmanning 17 ta hujumi qaytardi. UQK yo‘qotishlari 430 dan ortiq harbiy xizmatchilar, 13 ta zirhli jangovar texnika, 14 ta texnika va 12 ta boshqa qurollarni tashkil qildi.
Donesk yo‘nalishida Avdeyevka, Mariinka va Toresk aholi punktlari hududlarida dushman o‘z mudofaasini kuchaytirishda davom etdi. Ayni paytda u DXRning Pervomayskoe, Nevelskoe va Krasnogorovka aholi punktlari hududlariga hujum qilishga uringan. O‘tgan hafta davomida "Janub" guruhi bo‘linmalari Ukraina Qurolli kuchlarining ushbu yo‘nalishdagi 34 ta hujumini qaytardi.
Janglar natijasida dushman 1745 dan ortiq harbiy xizmatchi, 18 ta tank va boshqa zirhli jangovar texnikasi, 27 ta texnikasi, 13 ta dala artilleriya quroli va "Grad" reaktiv tizimi jangovar mashinasini yo‘qotdi. Uchta o‘q-dorilar ombori ham havo va raketa zarbalari natijasida vayron qilingan.
Janubiy Donesk yo‘nalishida rus qo‘shinlri bir hafta ichida dushmanning 11 ta hujumini qaytardi. Havo zarbalari va artilleriya Ukraina Qurolli kuchlarining ishchi kuchi va texnikasi jamlangan pozitsiyalarni yo‘q qildi. O‘tgan hafta davomida dushman yo‘qotishlari 755 dan ortiq ukrainalik harbiy xizmatchilarni, sakkizta tank va boshqa zirhli jangovar texnikani, 19 ta texnikani, shuningdek, 11 ta dala artilleriya qurolini tashkil qildi.
Zaporoje yo‘nalishida rus qo‘shinlari bo‘linmalarining Verbovoe va Rabotino aholi punktida faol harakatlari natijasida yanada qulay pozitsiyalarni egallab olishdi. UQKning 65-mexaniklashtirilgan va 71-yeger brigadalari hujum guruhlarining aholi punktlari hududlarida ikkita qarshi hujumini qaytardi. Dushmanning yo‘qotishlari 320 dan ortiq ukrainalik harbiy xizmatchilarni, 14 ta zirhli jangovar texnikani, 20 ta texnikani va 25 ta dala artilleriyani tashkil qildi.
Xerson yo‘nalishida dushman orollar va Dneprning chap qirg‘og‘idagi ko‘prik boshlarini egallab olishga muvaffaqiyatsiz urinishlar qildi. Zarba natijasida dushmanning 235 nafar ukrainalik harbiy xizmatchisi, oltita dala artilleriyasi va 17 ta texnikasi yo‘qolgan.
Bundan tashqari, beshta o‘q-dorilar ombori yo‘q qilindi, Ukraina Qurolli kuchlarining ikkita qo‘poruvchilik va razvedka guruhi faoliyati bostirildi.
Bir hafta davomida Rossiya Aerokosmik kuchlarining qiruvchi samolyotlari va havo hujumiga qarshi mudofaa tizimlari Dnepropetrovsk viloyatining Soldatskoe aholi punktlari hududlarida Ukraina harbiy-havo kuchlarining Su-27, Su-25 va MiG-29 samolyotlarini urib tushirdi. Donetsk Xalq Respublikasidagi Sergeevka va Klesheyevka, shuningdek, Dnepropetrovsk viloyatidagi Dolgintsevo aerodromida Su-25 hujumchi samolyoti yo‘q qilindi.
Raketa kuchlari, artilleriya va uchuvchisiz uchish apparatlarining zarbalari: DXRning Burlatskoe, Nikanorovka, Krinichki va Novobogdanovka aholi punktlar hududida "Buk" zenit-raketa majmuasi, shuningdek, havo nishonlarini aniqlash va kuzatish uchun uchta radar stansiyasi P-18ni yo‘q qildi.
Qora dengiz floti 4 oktabr kuni Qora dengizda Qrim qirg‘oqlari yaqinida UQKning ikkita qayig‘i va 13 ta diversantini yo‘q qildi.
Havo mudofaa tizimlari hafta davomida 39 ta AQShda ishlab chiqilgan HIMARS , "Olxa" va "Hurricane" raketalarini, to‘rtta JDAM boshqariladigan bombalarini, uchta HARM radarga qarshi raketalarini va ikkita "Neptun" kemaga qarshi raketalarini tutib oldi.
Bundan tashqari, Ukrainaning 320 ta uchuvchisiz uchish apparati elektron urush vositalari yordamida orqali yo‘q qilindi va bostirildi.
Maxsus harbiy operatsiya boshlangandan beri Ukraina jami 486 samolyot, 250 vertolot, 7572 uchuvchisiz uchish apparati, 440 zenit-raketa tizimi, 12 361 tank va boshqa zirhli jangovar mashinalar, 1161 ko‘p raketali jangovar texnika, 6666 dala artilleriya qurollari va minomotlari, shuningdek, 13850 dona maxsus harbiy avtomorbillaridan mahrum bo‘ldi.