https://oz.sputniknews.uz/20231006/eoii-va-bir-kamar-bir-yol-bir-birini-toldiradi-39680346.html
YeOII va “Bir kamar, bir yo‘l” tashabbusi bir-birini to‘ldiradi — Putin
YeOII va “Bir kamar, bir yo‘l” tashabbusi bir-birini to‘ldiradi — Putin
Sputnik O‘zbekiston
YeOII va Xitoyning “Bir kamar, bir yo‘l” tashabbusi loyihalari bir-biriga zid yoki raqobatchi emas, aksincha, ular bir-birini to‘ldiradi — Putin. 06.10.2023, Sputnik O‘zbekiston
2023-10-06T13:41+0500
2023-10-06T13:41+0500
2023-10-06T13:41+0500
rossiya
vladimir putin
yeoii
o‘zbekiston va yeoii
yadrosiz dunyo
ko‘p qirrali dunyo
xitoy
bir kamar bir yo‘l
si szinpin
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/0a/05/39668253_0:639:2473:2030_1920x0_80_0_0_4580ae11cf0d74e44eb966f08f2eb617.jpg
TOShKENT, 6 okt — Sputnik. YeOII va Xitoy rahbari Si Szinpinning “Bir kamar, bir yo‘l” tashabbusi manfaatlari bir-biriga zid emas, dedi Rossiya prezidenti Vladimir Putin "Valday" klubi yig‘ilishida. Sharqiy Xitoy pedagogika universiteti vakili Fen Shaoley Rossiya prezidentiga quyidagi savol bilan murojaat qildi. — Oktabrda Pekinda “Bir kamar, bir yo‘l” tashabbusining 10-yilligiga bag‘ishlangan xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tadi. Shu bilan birga, siz va rais Si Szinpin belgilagan Yevroosiyo hamkorligi (YeOII) va “Bir kamar, bir yo‘l” tashabbusini bir-biriga uyg‘unlashtirish tashabbusiga ham qariyb o‘n yil bo‘ladi. Mening savolim bir xil: yangi vaziyatlarni hisobga olgan holda siz bu borada qanday yangi g‘oyalar va aniq takliflar tayyorladingiz?V. Putin: Biz haqiqatan ham bu mavzuga qaytmoqdamiz va ba’zilar hatto bizning Yevroosiyo rivojlanish loyihamiz – Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) va rais Si Szinpinning “Bir kamar, bir yo‘l” tashabbusi manfaatlarga bir-biriga to‘g‘ri kelmasligi va bir-biri bilan qandaydir raqobatga kirishishi mumkinligi haqida shubha uyg‘otishga harakat qilmoqda. Aslida bunday emas, men buni ko‘p marta aytganman. Aksincha, biz ushbu ikki loyiha bir-birini uyg‘un ravishda to‘ldirishiga ishonamiz.Axir nimalar bo‘lmoqda? Bugungi kunda Rossiyaga nisbatan sanksiyalar kiritilmoqda. Xitoyga sanksiya kiritish esa Ukraina voqealaridan ancha oldin boshlangan. Bir vaqtlar Xitoy va AQSh orasida hatto savdo urushiga o‘xshash narsalar ham boshlangan edi. Qo‘shma Shtatlar turli cheklovlar, hatto logistika bilan bog‘liq cheklovlar ham kirita boshlagan edi. Biz ham Xitoy ham yangi logistika yo‘nalishlarini yo‘lga qo‘yishdan manfaatdor. Tovar ayirboshlash hajmi ortib bormoqda. Hozir gap "Shimol-Janub" koridori haqida ketmoqda. Xitoy Markaziy Osiyo davlatlari orqali yo‘nalishlar qurmoqda. Biz buni qo‘llab-quvvatlashdan manfaatdormiz, tegishli avtomobil va temir yo‘llarni qurmoqdamiz. Bularning barchasi muzokaralar mavzusidir. Bu, birinchidan.Ikkinchidan, bularning barchasi "real ishlab chiqarish sohasi" deb ataladigan narsa bilan to‘ldirilmoqda. Biz Xitoy Xalq Respublikasiga kerakli tovarlarni yetkazib beramiz, Xitoy bizga kerakli tovarlarni yetkazib bermoqda. Men hozir aniq loyihalarni sanab o‘tmayman, ularning soni yetarlicha, jumladan, Xitoy va Rossiya o‘rtasida ham. Biz ko‘prik qurdik, yana boshqa logistika rejalarimiz ham bor. Biz, yuqorida aytganimdek, real ishlab chiqarish sohasidagi aloqalarni rivojlantirmoqdamiz. Bularning barchasi ikki tomonlama aloqalarimiz va ko‘p tomonlama formatdagi muzokaralar mavzusi bo‘ladi. Bu juda katta va ko‘p kapital talab qiladigan ishlar.Yana bir bor ta’kidlamoqchiman, e’tiboringizni qaratmoqchiman: bu ishlarning barchasi hech qanday tarzda birovga qarshi qaratilmagan. Bu ishlarning barchasi yaratuvchanlik niyati bilan boshlangan va nafaqat Rossiya va Xitoy uchun, balkim barcha hamkorlarimiz uchun ham ijobiy natijalar olib kelishga qaratilgan", - deb javob berdi Rossiya prezidenti. Ma’lumot uchun, 5-oktabr kuni Sochi shahrida "Valday" ekspertlar klubining XX majlisi bo‘lib o‘tdi. "Adolatli ko‘p qutblilik: barcha uchun xavfsizlik va taraqqiyotni qanday ta’minlash kerak" mavzusida bo‘lib o‘tgan anjumanda Rossiya prezidenti Vladimir Putin nutq so‘zladi va shundan so‘ng ekspertlar hamda jurnalistlar savollariga javob berdi. O‘z nutqida Rossiya prezidenti bungungi kunning eng dolzarb mavzulari: Ukraina mojarosining asl sabablari, G‘arb mustamlakachiligi yakuni, Rossiyaning teng huquqili sivilizatsiyalarga asosilangan yangi dunyo yaratishga intilishi va boshqa muhim mavzularda to‘xtalib o‘tdi. Rossiya yangi dunyo tartibini qanday yaratadi — Putin nutqidan asosiy fikrlar.
xitoy
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/0a/05/39668253_0:323:2301:2048_1920x0_80_0_0_7b2e86e4559054d97cceabd264cfcdd0.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
rossiya, vladimir putin, yeoii, yadrosiz dunyo, ko‘p qirrali dunyo, xitoy, bir kamar bir yo‘l, si szinpin
rossiya, vladimir putin, yeoii, yadrosiz dunyo, ko‘p qirrali dunyo, xitoy, bir kamar bir yo‘l, si szinpin
YeOII va “Bir kamar, bir yo‘l” tashabbusi bir-birini to‘ldiradi — Putin
YeOII va Xitoyning “Bir kamar, bir yo‘l” tashabbusi loyihalari bir-biriga zid yoki raqobatchi emas, aksincha, ular bir-birini to‘ldiradi — Putin.
TOShKENT, 6 okt — Sputnik. YeOII va Xitoy rahbari Si Szinpinning “Bir kamar, bir yo‘l” tashabbusi manfaatlari bir-biriga zid emas, dedi Rossiya prezidenti Vladimir Putin "Valday" klubi
yig‘ilishida. Sharqiy Xitoy pedagogika universiteti vakili Fen Shaoley Rossiya prezidentiga quyidagi savol bilan murojaat qildi.
— Oktabrda Pekinda “Bir kamar, bir yo‘l” tashabbusining 10-yilligiga bag‘ishlangan xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tadi. Shu bilan birga, siz va rais Si Szinpin belgilagan Yevroosiyo hamkorligi (YeOII) va “Bir kamar, bir yo‘l” tashabbusini bir-biriga uyg‘unlashtirish tashabbusiga ham qariyb o‘n yil bo‘ladi. Mening savolim bir xil: yangi vaziyatlarni hisobga olgan holda siz bu borada qanday yangi g‘oyalar va aniq takliflar tayyorladingiz?
V. Putin: Biz haqiqatan ham bu mavzuga qaytmoqdamiz va ba’zilar hatto bizning Yevroosiyo rivojlanish loyihamiz – Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) va rais Si Szinpinning “Bir kamar, bir yo‘l” tashabbusi manfaatlarga bir-biriga to‘g‘ri kelmasligi va bir-biri bilan qandaydir raqobatga kirishishi mumkinligi haqida shubha uyg‘otishga harakat qilmoqda. Aslida bunday emas, men buni ko‘p marta aytganman. Aksincha, biz ushbu ikki loyiha bir-birini uyg‘un ravishda to‘ldirishiga ishonamiz.
Axir nimalar bo‘lmoqda? Bugungi kunda Rossiyaga nisbatan sanksiyalar kiritilmoqda. Xitoyga sanksiya kiritish esa Ukraina voqealaridan ancha oldin boshlangan. Bir vaqtlar Xitoy va AQSh orasida hatto savdo urushiga o‘xshash narsalar ham boshlangan edi. Qo‘shma Shtatlar turli cheklovlar, hatto logistika bilan bog‘liq cheklovlar ham kirita boshlagan edi.
Biz ham Xitoy ham yangi logistika yo‘nalishlarini yo‘lga qo‘yishdan manfaatdor. Tovar ayirboshlash hajmi ortib bormoqda. Hozir gap "Shimol-Janub" koridori haqida ketmoqda. Xitoy Markaziy Osiyo davlatlari orqali yo‘nalishlar qurmoqda. Biz buni qo‘llab-quvvatlashdan manfaatdormiz, tegishli avtomobil va temir yo‘llarni qurmoqdamiz. Bularning barchasi muzokaralar mavzusidir. Bu, birinchidan.
Ikkinchidan, bularning barchasi "real ishlab chiqarish sohasi" deb ataladigan narsa bilan to‘ldirilmoqda. Biz Xitoy Xalq Respublikasiga kerakli tovarlarni yetkazib beramiz, Xitoy bizga kerakli tovarlarni yetkazib bermoqda.
Biz qurayotgan logistika va ishlab chiqarish zanjirlarining barchasi rais Si Szinpin Xitoy iqtisodiyoti oldiga qo‘ygan maqsadlar va albatta, bizning rivojlanish maqsadlarimizga mos keladi. Bu, ayniqsa, bugungi dunyodagi vaziyat sharoitida bizning iqtisodlarimiz va boshqa davlatlar bilan hamkorligimizni to‘ldirishga xizmat qilmoqda. Bular va aniq bir-birini to‘ldiradi.
Men hozir aniq loyihalarni sanab o‘tmayman, ularning soni yetarlicha, jumladan, Xitoy va Rossiya o‘rtasida ham. Biz ko‘prik qurdik, yana boshqa logistika rejalarimiz ham bor. Biz, yuqorida aytganimdek, real ishlab chiqarish sohasidagi aloqalarni rivojlantirmoqdamiz. Bularning barchasi ikki tomonlama aloqalarimiz va ko‘p tomonlama formatdagi muzokaralar mavzusi bo‘ladi. Bu juda katta va ko‘p kapital talab qiladigan ishlar.
Yana bir bor ta’kidlamoqchiman, e’tiboringizni qaratmoqchiman: bu ishlarning barchasi hech qanday tarzda birovga qarshi qaratilmagan. Bu ishlarning barchasi yaratuvchanlik niyati bilan boshlangan va nafaqat Rossiya va Xitoy uchun, balkim barcha hamkorlarimiz uchun ham ijobiy natijalar olib kelishga qaratilgan", - deb javob berdi Rossiya prezidenti.
Ma’lumot uchun, 5-oktabr kuni Sochi shahrida "Valday" ekspertlar klubining XX majlisi bo‘lib o‘tdi. "Adolatli ko‘p qutblilik: barcha uchun xavfsizlik va taraqqiyotni qanday ta’minlash kerak" mavzusida bo‘lib o‘tgan anjumanda Rossiya prezidenti Vladimir Putin nutq so‘zladi va shundan so‘ng ekspertlar hamda jurnalistlar savollariga javob berdi.
O‘z nutqida Rossiya prezidenti bungungi kunning eng dolzarb mavzulari: Ukraina mojarosining asl sabablari, G‘arb mustamlakachiligi yakuni, Rossiyaning teng huquqili sivilizatsiyalarga asosilangan yangi dunyo yaratishga intilishi va boshqa muhim mavzularda to‘xtalib o‘tdi.