Yaponiyada zilzila sodir bo‘ldi, sunami xavfi e’lon qilindi

© AP Photo / DITA ALANGKARASifrovoy seysmograf, arxivnoe foto
Sifrovoy seysmograf, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.10.2023
Obuna bo‘lish
Zilzila Yaponiya vaqti bilan soat 11.00da Torishima oroli yaqinida sodir bo‘lgan.
TOShKENT, 5 okt — Sputnik. Yaponiyaning Izu arxipelagining janubida 6,6 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi, sunami xavfi e’lon qilindi. Bu haqda RIA Novosti Yaponiya bosh meteorologiya boshqarmasiga tayanib xabar berdi.
Zilzila Yaponiya vaqti bilan soat 11.00da Izu arxipelagining janubidagi Torishima oroli yaqinida sodir bo‘lgan.
Taxminlarga ko‘ra, sunami balandligi 1 metrni tashkil qiladi. Meteorologlarning ogohlantirishicha, hatto bir metr balandlikdagi to‘lqin ham odamni oyog‘idan yiqitishi mumkin. NHK telekanali o‘z ko‘rsatuvlarini to‘xtatib qo‘ydi, arxipelag orollaridan efir uzatilmoqda.
Aholidan sohilga yaqinlashmaslik, dengiz yaqinida bo‘lganlardan zudlik bilan balandroq joyga ko‘tarilish, shuningdek, qarindoshlari va do‘stlarini ogohlantirishlari so‘ralmoqda. Eng xavfli hududlar - port va daryo qirg‘oqlari.
Yangiliklar lentasi
0