https://oz.sputniknews.uz/20231005/xanchjou-2022-hasanboyda-oltin-yana-uch-kurashchida-bronza-39660946.html
Xanchjou-2022: Hasanboyda oltin, yana uch kurashchida bronza
Xanchjou-2022: Hasanboyda oltin, yana uch kurashchida bronza
Sputnik O‘zbekiston
Hasanboy Do‘smatov murosasiz kechgan final jangida tailandlik Thitisan Panmotni mag‘lubiyatga uchratdi.
2023-10-05T17:09+0500
2023-10-05T17:09+0500
2023-10-05T17:21+0500
sport
osiyo o‘yinlari
o‘zbekiston
xitoy
hasanboy do‘smatov
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/0a/05/39661764_77:108:1268:778_1920x0_80_0_0_76cd5d33b0ecbe97f282447b6e6bf378.jpg
TOShKENT, 5 okt — Sputnik. Boks bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Hasanboy Do‘smatov (-51 kg) o‘z sovrinlari orasiga Osiyo o‘yinlarining oltin medalini qo‘shib qo‘ydi. Sportchi murosasiz kechgan final jangida tailandlik Thitisan Panmotni mag‘lubiyatga uchratdi.Yunon-rum kurashi bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Rustam Assakalov faoliyatida uchinchi bor Osiyo o‘yinlarida sovrindor bo‘ldi. -97 kg vazn toifasida ishtirok etayotgan sportchi bronza medali uchun kechgan bahsda qozog‘istonlik Islam Umayev ustidan g‘alaba qozonib, musobaqani uchinchi o‘rinda yakunladi. Bungacha Assakalov hisobida Osiyo o‘yinlarining oltin va kumush medallari bor edi.Ayollar kurashi bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Aktenge Keunimjayeva esa ushbu sport turida Osiyo o‘yinlarida sovrindor bo‘lgan birinchi o‘zbekistonlik sportchi bo‘ldi. -50 kg vazn toifasida ishtirok etayotgan sportchi bronza medali uchun kechgan bahsda hindistonlik Pujadan ustun kelib, sovrindorlar qatoridan joy oldi.Ayollar kurashi bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Laylo Sobirova ham o‘z nomini Osiyo o‘yinlari sovrindorlari qatoriga qo‘shib qo‘ydi. -57 kg vazn toifasida ishtirok etgan sportchi bronza medali uchun kechgan bahsda hindistonlik Mansi ustidan g‘alaba qozondi.
o‘zbekiston
xitoy
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/0a/05/39661764_207:72:1203:819_1920x0_80_0_0_d9173634f86830c08749ec3f6d2e3b09.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
xanchjou-2022
Xanchjou-2022: Hasanboyda oltin, yana uch kurashchida bronza
17:09 05.10.2023 (yangilandi: 17:21 05.10.2023) Hasanboy Do‘smatov murosasiz kechgan final jangida tailandlik Thitisan Panmotni mag‘lubiyatga uchratdi.
TOShKENT, 5 okt — Sputnik. Boks bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi
Hasanboy Do‘smatov (-51 kg) o‘z sovrinlari orasiga Osiyo o‘yinlarining oltin medalini qo‘shib qo‘ydi. Sportchi murosasiz kechgan final jangida tailandlik Thitisan Panmotni
mag‘lubiyatga uchratdi. Yunon-rum kurashi bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Rustam Assakalov faoliyatida uchinchi bor Osiyo o‘yinlarida sovrindor bo‘ldi. -97 kg vazn toifasida ishtirok etayotgan sportchi bronza medali uchun kechgan bahsda qozog‘istonlik Islam Umayev ustidan g‘alaba qozonib, musobaqani uchinchi o‘rinda yakunladi. Bungacha Assakalov hisobida Osiyo o‘yinlarining oltin va kumush medallari bor edi.
Ayollar kurashi bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Aktenge Keunimjayeva esa ushbu sport turida Osiyo o‘yinlarida sovrindor bo‘lgan birinchi o‘zbekistonlik sportchi bo‘ldi. -50 kg vazn toifasida ishtirok etayotgan sportchi bronza medali uchun kechgan bahsda hindistonlik Pujadan ustun kelib, sovrindorlar qatoridan joy oldi.
Ayollar kurashi bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Laylo Sobirova ham o‘z nomini Osiyo o‘yinlari sovrindorlari qatoriga qo‘shib qo‘ydi. -57 kg vazn toifasida ishtirok etgan sportchi bronza medali uchun kechgan bahsda hindistonlik Mansi ustidan g‘alaba qozondi.