Ukrainaning "Amerika orzusi" uchun ikki oyga yetarli pul qoldi

© AP Photo / UKRAINIAN PRESIDENTIAL PRESS OFFICE Vizit Djo Baydena v Kiyev. Arxivnoe foto
Vizit Djo Baydena v Kiyev. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.10.2023
Obuna bo‘lish
Ukraina urushi kutilmaganda tugashi mumkin. AQShda ham Yevropada ham qurol-aslaha va moliya zahiralari tugadi. Pul tugasa, Ukrainada hammasi bir zumda, Afg‘onistonda bo‘lgani kabi, tugashi mumkin.
Pul — har qanday armiyaning mushagidir. Rossiya mahsus harbiy operatsiyasi hududidagi Ukraina qo‘shinlari faqat AQShning harbiy-moliyaviy yordami tufayligina qarshilik ko‘rsatmoqda. Biroq, G‘arb tomonidan misli ko‘rilmagan saxiylik yaqinda tugaydi, ya’ni Ukraina uchun Amerika pullari tugaydi.
Bundan tashqari, Vashingtonning rejalariga ko‘ra, NATOning Rossiya bilan proksi urushining asosiy yuki, bunga mutlaqo tayyor bo‘lmagan, AQShning Yevropadagi ittifoqchilari zimmasiga tushishi kerak. Shu sababli "Ukraina loyihasi" afg‘on ssenariysi bo‘yicha, ya’ni juda tez qulashi ehtimoli yuqori.
Oq uy ma’muriyati 3-oktabr kuni rasmiy ravishda Kiyev rejimini keng ko‘lamli moliyaviy va harbiy qo‘llab-quvvatlash uchun bor-yo‘g‘i ikki oylik – ya’no dekabr oyining boshiga qadar yetadigan mablag‘ qolganini rasman e’lon qildi. Pentagon kecha ham ittifoqchilarini qo‘llab-quvvatlash uchun mablag‘ yetishmasligi haqida ogohlantirdi.
Uning aytishiga ko‘ra – bor-yo‘g‘i 5,4 milliard dollar qolgan. AQSh Kongressi Ukrainaga qo‘shimcha budjet xarajatlarini ma’qullamadi. Shu kunga qadar Amerika Rossiya bilan proksi urushga 113 milliard dollar sarmoya kiritgan.
AQSh prezidenti Jo Bayden o‘z nazorati ostidagi davlatlar rahbarlariga Ukraina Qurolli Kuchlarini moliyalashtirish uchun zarur parametrlar to‘g‘risida xavotirli tarzda telefon orqali ko‘rsatma bera boshladi (Buyuk Britaniya, Germaniya, Fransiya, Polsha, Ruminiya, Yaponiya ro‘yxatda birinchi o‘rinda edi).
Eski dunyo xursand emas – Yevropa Ittifoqi davlatlari o‘z xavfsizligiga putur yetkazmasdan Kiyevga endi qurol yetkazib bera olmaydi. YeI Ukraina Qurolli Kuchlarini qo‘llab-quvvatlash uchun yetarli darajada o‘z harbiy-sanoat majmuasining ishlab chiqarish quvvatini oshira olmadi. Endi bo‘lsa o‘zini oqlash uchun Kiyevdan "raqamlashtirish, energiya mustaqilligi, inson kapitalini rivojlantirish" bo‘yicha ba’zi islohotlarni talab qilmoqda. Britaniya ham harbiy ta’minot chegarasiga yetdi va Ukrainadagi "Ben Uollesning so‘nggi nafasi"ni - sobiq Mudofaa vaziri va’da qilgan 1962-yilda ishlab chiqilgan osori FB432 Bulldog zirhli transportorlarini soqit qilmoqda.
"Boltiq yo‘lbarslari" boshqalardan ko‘ra ko‘proq harakatchanlik namoyish qilmoqda. Latviya NAMEJS 2023 antisrossiya xarakterli "shubhali" manevrlarni o‘tkazdi. Estoniya mudofaa sanoatini "urush davri miqyosida" ishga tushirishga tayyorligini baland ovozda e’lon qildi. Litva tashqi ishlar vaziri Gabriyelius Landsbergis NATOni Ukrainani “yadroviy soyabon” bilan qoplashga chaqirdi. Ma’lumki, harbiy paradda kichik barabanchilar eng ko‘p shovqin qilishadi.

Bo‘lingan G‘arb

Kiyev rejimi umidsizlikka tushgan, u o‘zining so‘nggi kuchlari bilan G‘arb "investitsiyalarini" oqlashga urinmoqda. Buning uchun ular Zaporoje yo‘nalishidagi ma’nosiz "go‘shtli hujumlari" (ko‘p qurbonli) uyushtirmoqda.
Bosh Razvedka boshqarmasi diversantlarini Qrimga o‘tkazishga urinmoqda. Atigi - Ukraina bayrog‘i fonida suratga tushish uchun. Prezident Zelenskiyning fikricha, mahalliy "g‘alaba" illyuziyasi haqiqiy pul keltirishi mumkin, ammo g‘arblik xo‘jayinlar masxarabozlikdan allaqachon charchagan – ular hech bo‘lmaganda Tokmakni olishni talab qilishdi.
"Ukrainaga yordam" ning katta qismi Qo‘shma Shtatlar manfaatlari uchun va o‘sha yerning o‘zida sarflanmoqda. Rosiyaga qarshi proksi-urush AQSh harbiy sanoati uchun daromadli. Shunga qaramay, maxsus operatsiyaning 20 oyi davomida Pentagon UQKga 2 milliondan ortiq artilleriya snaradlarini topshirdi. BU miqdorda snaradlarni ishlab chiqarish uchun ko‘p yil kerak bo‘ladi. Ukraina harbiy harakatlar teatrida snaradlar misli ko‘rilmagan tezlikda yo‘q qilinmoqda va "demokratiya arsenali" allaqachon bo‘shab qolgan. NATO Harbiy qo‘mitasi raisi, admiral Rob Bauer (Gollandiya) aytishiga ko‘ra, Ukraina uchun o‘q-dorilar zahirasi tugab bormoqda: “Bochkaning tubi ko‘rinib qolgan”.
AQSh va NATO Kiyev rejimini harbiy (ekzistensial) qo‘llab-quvvatlashni davom ettirish zarurati va oddiy qurollar (yadroviy bo‘lmagan) yetishmasligiga, bu sohada o‘zlarining kuchsizligiga duch kelishdi. Amerika jo‘natgan M1A1 Abrams tanklar bataloni Ukraina Qurolli kuchlarining orqa qismida yashiringan.
Vashingtonning Kiyevga va’da qilingan 60 ta uzoq masofaga uchuvchi ATASMS taktik raketalarini yetkazib berish "komediyaga" aylandi - Jo Bayden va Lloyd Ostin baland ovozda bayonotlar qilishdi, ammo real yetkazib berish bilan Uchinchi jahon urushini boshlash uchun javobgarlikni olishni istamaydilar.
Ukraina Qurolli Kuchlarini qo‘llab-quuvvatlagan ellikta "donor davlatlar" blokida yoriqlar ko‘rinib qolmoqda. Vashingtonda keskin siyosiy kelishmovchiliklardan boshlab Yevropada yaqinlashib qolgan yangi saylovlar (Polshada - noyabrda, Ispaniyada - dekabrda) urushga qarshi kayfiyatlarni oshirmoqda. Vengriya, Serbiya va Slovakiya Rossiyaga qarshi "birlikni" faol silkitmoqda. Budapesht 2024-2027 yillarda Yevropaning Ukrainaga yordam paketini 25 milliard yevroga, ya’ni ikki baravar kamaytirishni taklif qildi. AQSh va Yevropa yetakchilari o‘rtasida parda ortida ziddiyat va tarqoqlik paydo bo‘lgani aniq.
Yevropa diplomatiyasi rahbari va "Jannat bog‘boni" Jozep Borrel Kiyevda Ukraina Qurolli Kuchlarining 27 “donor davlati” vakillari bilan navbatdan tashqari uchrashuv tashkil qildi – lekin u ham deyarli hech qanday natija bermadi. "Kuchli birdamlik" va "NATO bilan 40 ming ukrainalik askarini tayyorlash to‘g‘risidagi kelishuv" — o‘q-dorilar etishmasligining o‘rnini bosa olmaydi.
The American Conservative nashriga ko‘ra, “Zelenskiy bir necha oy ichida qahramondan nolga aylandi... Ukraina askarlari o‘lishdan charchagan. Rossiya harbiy quvvati — razvedka va zarba qurollari bo‘lgan raketalar, artilleriya, uchuvchisiz apparatlar va samolyotlarni muntazam ravishda birlashtirishga tayanadi.
Nashr tan olishiga ko‘ra, "Moskvaning strategik maqsadi — Sharqiy Yevropani bosib olish emas, Ukrainani AQSh va NATO davlatlari harbiy qudratini Rossiyaga qarshi namoyish qilish platformasiga aylanishiga yo‘l qo‘ymaslik edi va shunday bo‘lib qoladi ham".
Amerika Qo‘shma Shtatlari va NATO 2022-yilda Rossiyaning "strategik mag‘lubiyati" uchun proksi urushda barcha mumkin bo‘lgan resurslarni to‘pladi va Ukraina harbiy operatsiyalar teatriga tashladi. "Demokratiya arsenallari" bo‘shab qolishi va siyosiy tarqoqlik kollektiv G‘arbning rejalari barbod bo‘lganidan dalolat beradi. Qudratli Rossiya shartlarida quriladigan yangi dunyo muqarrar va juda yaqin. Buni hozir hamma tushunadi.
Harbiy kuzatuvchi Aleksandr Xrolenkoning Telegramdagi kanaliga obuna bo‘ling https://t.me/AKhrolenko
Yangiliklar lentasi
0