Shavkat Mirziyoyev Emomali Rahmonni tug‘ilgan kuni bilan tabrikladi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev podpisivayet dokumenti.
Shavkat Mirziyoyev podpisivayet dokumenti. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.10.2023
Obuna bo‘lish
Tojikiston prezidenti bugun 71 yoshni qarshiladi.
TOShKENT, 5 okt — Sputnik. Shavkat Mirziyoyev Emomali Rahmonni tug‘ilgan kuni bilan tabrikladi, deya xabar berdi Tojikiston prezidenti matbuot xizmati.
“Sizni hayotingizdagi ushbu quvonchli va unutilmas kun bilan tabriklab, sizga mustahkam sog‘lik, oilaviy baxt, mas’uliyatli davlat faoliyatingizda yangi zafarlar, do‘st Tojikiston xalqiga tinchlik va osoyishtalik, barqaror taraqqiyot va farovonlik tilayman” — deyiladi tabrikda.
Mirziyoyev, shuningdek, Rahmonni Dushanbe shahrida Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining beshinchi Maslahat uchrashuvi va Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi ta’sischilari Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi yig‘ilishi yuqori saviyada o‘tgani bilan yana bir bor tabrikladi.
Mazkur sammitlar doirasida olib borilgan samarali muzokaralar va erishilgan muhim kelishuvlar azaldan yaqin do‘st va yaxshi qo‘shni bo‘lib kelgan O‘zbekiston bilan Tojikiston o‘rtasidagi har tomonlama munosabatlarni mustahkamlash, mintaqaning har tomonlama rivojlanishini ta’minlashga xizmat qilishi ta’kidladi.
Ma’lumot uchun, Tojikiston prezidenti bugun 71 yoshni qarshiladi.
Yangiliklar lentasi
0