Samarqandda Markaziy Osiyo yoshlar eko-oromgohining yopilish marosimi o‘tkazildi — foto

© Ministerstvo ekologii, oxrani okrujayushey sredi i izmeneniya klimata Respubliki UzbekistanSamarqandda Markaziy Osiyo yoshlar eko-oromgohining yopilish marosimi o‘tkazildi
Samarqandda Markaziy Osiyo yoshlar eko-oromgohining yopilish marosimi o‘tkazildi  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.10.2023
Obuna bo‘lish
Markaziy Osiyo yoshlar ekologik oromgohi 1–5 oktabr kunlari Samarqand shahrida Barqaror rivojlanish madaniyatini ilgari surish hamda bolalar va yoshlarni iqlim kun tartibiga jalb qilish bo‘yicha Markaziy Osiyo strategiyasini ishlab chiqish maqsadida tashkil etildi.
TOShKENT, 5 okt — Sputnik. Samarqandda BMTning Iqlim o‘zgarishi bo‘yicha konferensiyasi — COP-28 ga bag‘ishlangan Markaziy Osiyo yoshlar ekologik oromgohining tantanali yopilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi xabar berdi.
Marosimda "Zamin" fondi Vasiylik kengashi raisi Ziroat Mirziyoyeva, UNICEF ijrochi direktori o‘rinbosari Ted Chaiban, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vaziri Aziz Abduhakimov, Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova, Yoshlar ishlari agentligi direktori o‘rinbosari Dilnozaxon Kattaxonova, BMT tuzilmalari, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari ishtirok etdi.
© Ministerstvo ekologii, oxrani okrujayushey sredi i izmeneniya klimata Respubliki UzbekistanV Samarkande proshla torjestvennaya seremoniya zakritiya Sentralnoaziatskogo molodejnogo ekologicheskogo lagerya
V Samarkande proshla torjestvennaya seremoniya zakritiya Sentralnoaziatskogo molodejnogo ekologicheskogo lagerya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.10.2023
Markaziy Osiyo yoshlar ekologik oromgohi 1–5 oktabr kunlari Samarqand shahrida Barqaror rivojlanish madaniyatini ilgari surish hamda bolalar va yoshlarni iqlim kun tartibiga jalb qilish bo‘yicha Markaziy Osiyo strategiyasini ishlab chiqish maqsadida tashkil etildi.
© Ministerstvo ekologii, oxrani okrujayushey sredi i izmeneniya klimata Respubliki UzbekistanV Samarkande proshla torjestvennaya seremoniya zakritiya Sentralnoaziatskogo molodejnogo ekologicheskogo lagerya
V Samarkande proshla torjestvennaya seremoniya zakritiya Sentralnoaziatskogo molodejnogo ekologicheskogo lagerya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.10.2023
Oromgohda 5 ta mamlakatdan kelgan 60 nafar ekofaol, olimlar va xorijiy tashkilotlar vakillari Markaziy Osiyoning barqaror rivojlanish madaniyatini rivojlantirish strategiyasini muhokama qilishdi.
Shuningdek, eko-oromgoh doirasida " Eco-Zakovat" intellektual o‘yini o‘tkazildi.
© Ministerstvo ekologii, oxrani okrujayushey sredi i izmeneniya klimata Respubliki UzbekistanV Samarkande proshla torjestvennaya seremoniya zakritiya Sentralnoaziatskogo molodejnogo ekologicheskogo lagerya
V Samarkande proshla torjestvennaya seremoniya zakritiya Sentralnoaziatskogo molodejnogo ekologicheskogo lagerya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.10.2023
Oromgohda Ekologiya vazirligi huzurida Yoshlar qo‘mitasini tashkil etish, ishlab chiqilgan qoidalar va atrof-muhit dasturlari bo‘yicha ovoz berish hamda fikr bildirish imkoniyatini yaratish, ishga joylashish va universitetga kirish vaqtida volontorlik faoliyatini hisobga olish, yo‘qolgan o‘simliklarning o‘rnini qoplash, aholi, ayniqsa, yoshlarning ekologik madaniyatini yuksaltirish uchun sun’iy o‘rmonlar barpo etish, ekostartaplarni moliyalashtirish orqali zararli chiqindilarni kamaytirish, elektromobillar ishlab chiqarishni ko‘paytirish va yoqilg‘ida harakatlanuvchi transport vositalarining katalizatorlarini yaxshilash kabi muhim takliflar ilgari surildi.
Eko-oromgoh yakunida “Ipak yo‘li” xalqaro turizm va madaniy meros universiteti hududida daraxt ko‘chatlari o‘tqazilib, esdalik nishoniga imzo chekildi.
Yangiliklar lentasi
0