Putin: Rossiya oldida “yangi dunyoni barpo etish” vazifasi turibdi

© Sputnik / Sergey Guneyev / Mediabankka o‘tishPrezident RF V. Putin prinyal uchastie v rabote diskussionnogo kluba "Valday"
Prezident RF V. Putin prinyal uchastie v rabote diskussionnogo kluba Valday - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.10.2023
Obuna bo‘lish
Rossiya yetakchisining ta’kidlashicha, bunda ziyolarning roli va mas’uliyati yuqori bo‘ladi.
TOShKENT, 5 okt — Sputnik. Bugun Rossiya oldida, aslini olganda, yangi dunyoni barpo etish vazifasi turibdi. Bu haqda Rossiya prezidenti Vladimir Putin “Valday” xalqaro munozaralar klubining yalpi majlisida ma’lum qildi.
“Oldimizda, aslini olganda, yangi dunyoni barpo etish vazifasi turibdi. Bunday muayan qiluvchi bosqichlarda siz kabi, hurmatli hamkasblar, ziyolilarning roli va mas’uliyati juda yuqori”, - dedi Putin “Valday” klubi a’zolariga murojaat qilayotib.
Uning so‘zlariga ko‘ra, klubning ish yillari davomida ham dunyoda, ham Rossiyada ulkan o‘zgarishlar ro‘y bergan.
Rossiya rahbari dunyoda kuzatilgan o‘zgarishlar xalqaro munosabat tamoyillarini tubdan o‘zgartirishni talab qiluvchi sifatli bo‘lganini ta’kidladi.
Yangiliklar lentasi
0