Toshkentga kelgan gollivud yulduzi yurak xuruji gumoni bilan tekshiruvdan o‘tdi

© Tashkent International Film FestivalGollivud aktori Kevin Speysi
Gollivud aktori Kevin Speysi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.10.2023
Obuna bo‘lish
Kevin Speysini O‘zbekistondagi shifokorlar MRT tekshiruvidan o‘tkazishdi.
TOShKENT, 5 okt — Sputnik. Gollivud aktori Kevin Speysi kinofestivalda o‘zini yomon his qilganidan so‘ng yurak xuruji gumoni bilan Toshkentdagi kasalxonaga yotqizildi, ammo qo‘rquvlar tasdiqlanmadi. Bu haqda RIA Novosti Sun gazetasiga tayanib xabar berdi.
Kevin Speysi 29-sentabrdan 3-oktabrgacha bo‘lib o‘tgan XV Toshkent xalqaro kinofestivalida ishtirok etdi.

“Kevin Speysi kinofestivalda qo‘li uvishganidan so‘ng yurak xurujidan gumoni bilan kasalxonaga yotqizildi”, — deyiladi nashrda.

Tadbir davomida u o‘zini yomon his qildi va bir necha soniya davomida “chap qo‘li butunlay uvishib qoldi”, deb yozadi Sun.
Gazetaning yozishicha, shifoxona shifokorlari kerakli tekshiruvdan o‘tkazib, MRT tekshiruvini o‘tkazishgan. Sinovlar natijalariga ko‘ra, qo‘rquvlar o‘z tasdig‘ini topmadi, keyinroq aktor kinofestivalda nutq so‘zlab, sodir bo‘lgan voqea haqida gapirdi, deb xabar beradi nashr.
Yangiliklar lentasi
0