https://oz.sputniknews.uz/20231005/orol-baliq-99-tur-taomlar-gastronomik-festival-39637153.html
“Orol baliqlaridan 99 tur taomlar” gastronomik festivali o‘tkazildi — foto
“Orol baliqlaridan 99 tur taomlar” gastronomik festivali o‘tkazildi — foto
Sputnik O‘zbekiston
Beshinchi marotaba tashkil etilayotgan bu yilgi festival Qoraqalpog‘iston respublikasining Taxtako‘pir tumanida bo‘lib o‘tdi.
2023-10-05T10:32+0500
2023-10-05T10:32+0500
2023-10-05T11:32+0500
turizm
o‘zbekiston
qoraqalpog‘iston
festival
baliq
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/0a/05/39636539_0:96:1000:659_1920x0_80_0_0_bfedc3b9f6f0ef2cf207818ad68c5c4b.jpg
TOShKENT, 5 okt — Sputnik. Qoraqalpog‘istonda “Orol baliqlaridan 99 tur taomlar” gastronomik festivali o‘tkazildi, deya xabar berdi Turizm qo‘mitasi.“Orol baliqlaridan 99 tur taomlar” xalqaro gastronomik festivali 2017-yildan buyon o‘tkazib kelinmoqda. U Qoraqalpog‘istonning gastronomik turizm salohiyatini keng targ‘ib qilish maqsadida tashkil etilgan.Beshinchi marotaba tashkil etilayotgan bu yilgi festival joriy yilning 29-30 sentabr kunlari Qoraqalpog‘iston respublikasining Taxtako‘pir tumanida bo‘lib o‘tdi.Qoraqalpog‘istonning “Bes barmaq”, “Jugeri gurtik”, “Aqsaulaq”, “Turama”, “Mayek borek” va baliqdan tayyorlangan “Baliq qarma”, “Ilonbaliqdan kotletlar”, “Baliq sorpa” kabi taomlari o‘zining mazasi bilan har bir tashrif buyuruvchini bahramand qiladi.Keng qamrovli festival dastlab Qoraqalpog‘istonning o‘ziga xos o‘lgan turistik maskani Mo‘ynoq tumanidan boshlangan va keyinchalik poytaxt Nukus shahrida ham o‘tkazilgan.
https://oz.sputniknews.uz/20230603/baliq-taomlar-qoraqalpogiston-balzira-nurimova-35622821.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/0a/05/39636539_126:49:918:643_1920x0_80_0_0_0f339eba656ff4baa620e7acf0a68fa7.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
festival qoraqalpog‘iston respublikasi taxtako‘pir tumani “orol baliqlaridan 99 tur taomlar” gastronomik festivali
festival qoraqalpog‘iston respublikasi taxtako‘pir tumani “orol baliqlaridan 99 tur taomlar” gastronomik festivali
“Orol baliqlaridan 99 tur taomlar” gastronomik festivali o‘tkazildi — foto
10:32 05.10.2023 (yangilandi: 11:32 05.10.2023) Beshinchi marotaba tashkil etilayotgan bu yilgi festival Qoraqalpog‘iston respublikasining Taxtako‘pir tumanida bo‘lib o‘tdi.
TOShKENT, 5 okt — Sputnik. Qoraqalpog‘istonda “Orol baliqlaridan 99 tur taomlar” gastronomik festivali o‘tkazildi, deya xabar berdi
Turizm qo‘mitasi. “Orol baliqlaridan 99 tur taomlar” xalqaro gastronomik festivali 2017-yildan buyon o‘tkazib kelinmoqda. U Qoraqalpog‘istonning gastronomik turizm salohiyatini keng targ‘ib qilish maqsadida tashkil etilgan.
Beshinchi marotaba tashkil etilayotgan bu yilgi festival joriy yilning 29-30 sentabr kunlari Qoraqalpog‘iston respublikasining Taxtako‘pir tumanida bo‘lib o‘tdi.
Qoraqalpog‘istonning “Bes barmaq”, “Jugeri gurtik”, “Aqsaulaq”, “Turama”, “Mayek borek” va baliqdan tayyorlangan “Baliq qarma”, “Ilonbaliqdan kotletlar”, “Baliq sorpa” kabi taomlari o‘zining mazasi bilan har bir tashrif buyuruvchini bahramand qiladi.
“Mazkur tadbir milliy baliq taomlarini targ‘ibot qilib qo‘ymasdan, hududdagi boshqa turistik yo‘nalishlariga ham mahalliy va xorijiy sayyohlarni jalb qilib kelmoqda”, — deyiladi xabarda.
Keng qamrovli festival dastlab Qoraqalpog‘istonning o‘ziga xos o‘lgan turistik maskani Mo‘ynoq tumanidan boshlangan va keyinchalik poytaxt Nukus shahrida ham o‘tkazilgan.