https://oz.sputniknews.uz/20231005/kelasi-yil-viloyatlar-dunyo-tan-olgan-dastur-kasb-hunar-39631289.html
Kelasi yildan viloyatlarda dunyo tan olgan dastur asosida kasb-hunarga o‘qitish yo‘lga qo‘yiladi
Kelasi yildan viloyatlarda dunyo tan olgan dastur asosida kasb-hunarga o‘qitish yo‘lga qo‘yiladi
Sputnik O‘zbekiston
Endi monomarkazlarda kasblar ish beruvchilarning buyurtmasi asosida o‘qitiladi.
2023-10-05T07:00+0500
2023-10-05T07:00+0500
2023-10-05T12:15+0500
siyosat
o‘zbekiston
maktab
ta’lim
shavkat mirziyoyev
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/08/1e/20293805_0:0:1280:720_1920x0_80_0_0_0f97abbe5cd9e5de0a4b71561c6f4ecc.jpg
TOShKENT, 5 okt — Sputnik. Kelgusi o‘quv yilidan har bir viloyatda dunyo tan olgan dastur asosida kasb-hunarga o‘qitish yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.Prezident Shavkat Mirziyoyev professional ta’lim sifatini oshirish hamda aholini kasb-hunarga o‘qitish bo‘yicha yangi tashabbuslar taqdimoti bilan tanishdi.Yig‘ilishda kasblar va professional ta’lim klassifikatorlarini bosqichma-bosqich yangilab, xalqaro standartlarga muvofiqlashtirish, professional ta’lim muassasalarini maktab va oliy o‘quv yurtlari bilan uzviy bog‘lash muhimligi aytildi. Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi barcha kasb-hunar ta’limi muassasalarini yaxlit tizim sifatida muvofiqlashtirishi belgilandi.Monomarkazlarda kasblar ish beruvchilarning buyurtmasi asosida o‘qitiladi, bu bitiruvchilarning ishga joylashishida muhim omil bo‘ladi.Qayd etilishicha, taraqqiy etgan davlatlarda o‘quvchilarning 75 foizigacha kasbiy ta’lim bilan qamrab olingan. Bugungi kunda 689 ta professional ta’lim muassasasida 714 ta kasb va mutaxassislik hamda 20 ta “Ishga marhamat” monomarkazida aholiga 54 ta kasb va 6 ta xorijiy til o‘rgatilmoqda.O‘quvchilarga bir vaqtda ham o‘qish, ham ishlab daromad topish imkonini beradigan “dual ta’lim” shakli joriy etildi. Bu tizim samarasida 2 ming korxona bilan birgalikda 6 ming yigit-qiz o‘qitilmoqda. Shuningdek, yoshlarga 9-sinfdan keyin kasb-hunar maktabi, 11-sinfdan esa kollej va texnikumda turli mutaxassisliklar o‘rgatilmoqda.Monomarkazlar o‘rta bo‘g‘in kadrlariga bo‘lgan ehtiyojni to‘liq qondira olmayapti. Bitiruvchilarga malaka razradi berish joriy etilmagani sababli ular qo‘shimcha imtihon topshirayapti. Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi bilan professional ta’lim o‘rtasida hamkorlik yo‘q. Chet tillarini o‘rgatish va tasdiqlovchi hujjat berish bo‘yicha ishlar yetarli emas.Ushbu kamchiliklarni bartaraf etib, kasbga o‘qitish sifatini oshirish maqsadida tegishli vazirliklar tomonidan yangi takliflar ishlab chiqilgan. Mazkur takliflarda xorijiy ta’lim dasturlarini joriy etish, bitiruvchilar malakasining ichki va tashqi bozorda tan olinishini ta’minlash, o‘quvchilarni kollej va texnikumlarga kengroq jalb etish, monomarkazlarda kasbga o‘qitish sifatini yaxshilash chora-tadbirlari nazarda tutilgan.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/08/1e/20293805_333:100:1027:620_1920x0_80_0_0_79acb3dffe2ddb8357422fdae1481502.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
monomarkazlar kasblar ish beruvchi kasb-hunar ta’lim shavkat mirziyoyev o‘zbekiston
monomarkazlar kasblar ish beruvchi kasb-hunar ta’lim shavkat mirziyoyev o‘zbekiston
Kelasi yildan viloyatlarda dunyo tan olgan dastur asosida kasb-hunarga o‘qitish yo‘lga qo‘yiladi
07:00 05.10.2023 (yangilandi: 12:15 05.10.2023) Endi monomarkazlarda kasblar ish beruvchilarning buyurtmasi asosida o‘qitiladi.
TOShKENT, 5 okt — Sputnik. Kelgusi o‘quv yilidan har bir viloyatda dunyo tan olgan dastur asosida kasb-hunarga o‘qitish yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqda prezident matbuot xizmati
xabar berdi. Prezident Shavkat Mirziyoyev professional ta’lim sifatini oshirish hamda aholini kasb-hunarga o‘qitish bo‘yicha yangi tashabbuslar taqdimoti bilan tanishdi.
Yig‘ilishda kasblar va professional ta’lim klassifikatorlarini bosqichma-bosqich yangilab, xalqaro standartlarga muvofiqlashtirish, professional ta’lim muassasalarini maktab va oliy o‘quv yurtlari bilan uzviy bog‘lash muhimligi aytildi. Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi barcha kasb-hunar ta’limi muassasalarini yaxlit tizim sifatida muvofiqlashtirishi belgilandi.
"Kelgusi o‘quv yilidan har bir viloyatda dunyo tan olgan dastur asosida kasb-hunarga o‘qitish yo‘lga qo‘yiladi. Ularning bitiruvchilari xalqaro malaka va xorijiy til sertifikatiga ega bo‘ladi. Shuningdek, ilg‘or kasbiy ta’lim va kasbga o‘qitish sifatini ta’minlash mezonlari tatbiq etiladi", — deyiladi xabarda.
Monomarkazlarda kasblar ish beruvchilarning buyurtmasi asosida o‘qitiladi, bu bitiruvchilarning ishga joylashishida muhim omil bo‘ladi.
Qayd etilishicha, taraqqiy etgan davlatlarda o‘quvchilarning 75 foizigacha kasbiy ta’lim bilan qamrab olingan. Bugungi kunda 689 ta professional ta’lim muassasasida 714 ta kasb va mutaxassislik hamda 20 ta “Ishga marhamat” monomarkazida aholiga 54 ta kasb va 6 ta xorijiy til o‘rgatilmoqda.
O‘quvchilarga bir vaqtda ham o‘qish, ham ishlab daromad topish imkonini beradigan “dual ta’lim” shakli joriy etildi. Bu tizim samarasida 2 ming korxona bilan birgalikda 6 ming yigit-qiz o‘qitilmoqda. Shuningdek, yoshlarga 9-sinfdan keyin kasb-hunar maktabi, 11-sinfdan esa kollej va texnikumda turli mutaxassisliklar o‘rgatilmoqda.
"Shu bilan birga, sohada muayan bo‘shliqlar ham bor. Ayrim ta’lim dasturlari hayot talabi bilan bog‘lanmagan. Professional ta’lim maktab o‘quvchilarini o‘ziga jalb qila olmayapti. Oqibatda mavjud quvvatlar to‘la ishlatilmayapti", — deyiladi xabarda.
Monomarkazlar o‘rta bo‘g‘in kadrlariga bo‘lgan ehtiyojni to‘liq qondira olmayapti. Bitiruvchilarga malaka razradi berish joriy etilmagani sababli ular qo‘shimcha imtihon topshirayapti. Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi bilan professional ta’lim o‘rtasida hamkorlik yo‘q. Chet tillarini o‘rgatish va tasdiqlovchi hujjat berish bo‘yicha ishlar yetarli emas.
Ushbu kamchiliklarni bartaraf etib, kasbga o‘qitish sifatini oshirish maqsadida tegishli vazirliklar tomonidan yangi takliflar ishlab chiqilgan.
Mazkur takliflarda xorijiy ta’lim dasturlarini joriy etish, bitiruvchilar malakasining ichki va tashqi bozorda tan olinishini ta’minlash, o‘quvchilarni kollej va texnikumlarga kengroq jalb etish, monomarkazlarda kasbga o‘qitish sifatini yaxshilash chora-tadbirlari nazarda tutilgan.