https://oz.sputniknews.uz/20231003/yolovchi-poezdlar-chipta-narxlari-oshirish-39565502.html
Yo‘lovchi poyezdlari uchun chipta narxlari oshirilmoqda
Yo‘lovchi poyezdlari uchun chipta narxlari oshirilmoqda
Sputnik O‘zbekiston
20 oktabrdan "Afrosiyob" elektropoyezdlari uchun chiptalari 100%ga oshiriladi.
2023-10-03T14:26+0500
2023-10-03T14:26+0500
2023-10-03T14:56+0500
jamiyat
o‘zbekiston
poyezd qatnovi
tezurar poyezd
chiptalar
afrosiyob
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/08/05/26874178_0:135:1280:855_1920x0_80_0_0_ad7b46cd17b5ef00a6c2ab55e16ad23e.jpg
TOShKENT, 3 okt — Sputnik. Yo‘lovchi poyezdlari uchun chipta narxlari oshirilmoqda, deya xabar berdi “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi”.Qayd etilishicha, 20-oktabrdan mahalliy yo‘nalishlardagi yo‘lovchi poyezdlari chipta narxlarining tarif qismi 50% ga, yuqori tezlikda harakatlanuvchi "Afrosiyob" elektropoyezdlari chiptalari to‘liq narxining 100% ga oshiriladi.Aytilishicha, yo‘lovchi poyezdlar chipta narxlari so‘nggi marta 2018-yilda mahalliy yo‘nalishlarda, 2019-yilda yuqori tezlikda harakatlanuvchi "Afrosiyob" elektropoyezdida qayta ko‘rib chiqilgan. Oxirgi 4-5 yil mobaynida tariflar o‘zgarishsiz qolib kelmoqda.Chipta narxlari 2019-2022 yillar va 2023-yilning 9 oyi davomida respublikada ish haqi miqdori 2.4 baravarga, elektroenergiya va yoqilg‘i narxlarining, logistika va transport xarajatlarining sezilarli darajada oshganligi hisobiga oshirilmoqda. Shuningdek, yo‘lovchi vagon parklarini yangilash, yangi poyezdlarni xarid qilish, temir yo‘l vokzallarini zamon talablariga mos ravishda saqlash ham chipta narxlarining oshishiga sabab bo‘lmoqda.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/08/05/26874178_155:83:1110:799_1920x0_80_0_0_dd621703fa322f35996394e5ecae429b.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekiston chipta narxlari poyez chiptasi "afrosiyob" elektropoyezdlari yo‘lovchi poyezdlari o‘zbekiston chipta narxlari poyez chiptasi "afrosiyob" elektropoyezdlari yo‘lovchi poyezdlari
o‘zbekiston chipta narxlari poyez chiptasi "afrosiyob" elektropoyezdlari yo‘lovchi poyezdlari o‘zbekiston chipta narxlari poyez chiptasi "afrosiyob" elektropoyezdlari yo‘lovchi poyezdlari
Yo‘lovchi poyezdlari uchun chipta narxlari oshirilmoqda
14:26 03.10.2023 (yangilandi: 14:56 03.10.2023) 20 oktabrdan "Afrosiyob" elektropoyezdlari uchun chiptalari 100%ga oshiriladi.
TOShKENT, 3 okt — Sputnik. Yo‘lovchi poyezdlari uchun chipta narxlari oshirilmoqda, deya xabar berdi
“O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi”. Qayd etilishicha, 20-oktabrdan mahalliy yo‘nalishlardagi yo‘lovchi poyezdlari chipta narxlarining tarif qismi 50% ga, yuqori tezlikda harakatlanuvchi "Afrosiyob" elektropoyezdlari chiptalari to‘liq narxining 100% ga oshiriladi.
"Temir yo‘l xizmatlaridan foydalanayotganingiz uchun o‘z minnatdorchiligimizni bildiramiz hamda temir yo‘l sohasida olib borilayotgan islohotlarni to‘g‘ri qabul qilishingizni so‘raymiz", — deyiladi xabarda.
Aytilishicha, yo‘lovchi poyezdlar chipta narxlari so‘nggi marta 2018-yilda mahalliy yo‘nalishlarda, 2019-yilda yuqori tezlikda harakatlanuvchi "Afrosiyob" elektropoyezdida qayta ko‘rib chiqilgan. Oxirgi 4-5 yil mobaynida tariflar o‘zgarishsiz qolib kelmoqda.
Chipta narxlari 2019-2022 yillar va 2023-yilning 9 oyi davomida respublikada ish haqi miqdori 2.4 baravarga, elektroenergiya va yoqilg‘i narxlarining, logistika va transport xarajatlarining sezilarli darajada oshganligi hisobiga oshirilmoqda.
Shuningdek, yo‘lovchi vagon parklarini yangilash, yangi poyezdlarni xarid qilish, temir yo‘l vokzallarini zamon talablariga mos ravishda saqlash ham chipta narxlarining oshishiga sabab bo‘lmoqda.