Xanchjou-2022: Safina Sadullayeva Osiyo o‘yinlari chempioni, Radzivilda “kumush”

Safina Sadullayeva  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.10.2023
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonlik yengil atletikachilar Osiyo o‘yinlarida oltin va kumush medalni qo‘lga kiritishdi.
TOShKENT, 3 okt — Sputnik. O‘zbekistonlik yengil atletikachilar Xitoydagi Osiyo o‘yinlarida oltin va kumush medalni qo‘lga kiritdi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi xabar berdi.
Yengil atletika bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari Safina Sadullayeva hamda Svetlana Radzivil balandlikka sakrash dasturida medallar uchun kurash olib borishdi.
Safina Sadullayeva stala chempionkoy XIX Aziatskix igr v Xanchjou po legkoy atletike. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.10.2023
Safina Sadullayeva
Musobaqa yakunida Sa’dullayeva oltin, Radzivil esa kumush medalni qo‘lga kiritdi. Kuchli uchlikni qozog‘istonlik Nadejda Duboviskaya yakunlab berdi.
Svetlana Radzivil viigrala serebranuyu medal na sorevnovaniyax po prijkam v visotu na XIX Aziatskix igrax v Xanchjou. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.10.2023
Svetlana Radzivil
Ta’kidlanishicha, g‘olib va sovrindorlar bir xil 1.86 metr natija qayd etishgan. Shohsupdagi o‘rinlar urinishlar soniga qarab taqsimlangan.
Yangiliklar lentasi
0