https://oz.sputniknews.uz/20231003/uzbekiston-eoii-monopolia-raqobat-39566423.html
O‘zbekiston YeOIIning monopoliyaga qarshi kurash faoliyatiga qiziqish bildirmoqda
O‘zbekiston YeOIIning monopoliyaga qarshi kurash faoliyatiga qiziqish bildirmoqda
Sputnik O‘zbekiston
EIK va O‘zbekiston bilan monopoliyaga qarshi kurash va raqobatni rivojlantirish sohalarida hamkorlikni kengaytirmoqda.
2023-10-03T15:47+0500
2023-10-03T15:47+0500
2023-10-03T22:24+0500
o‘zbekiston va yeoii
o‘zbekiston
yeoii
iqtisod
sanksiyalar ro‘yxati
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/0a/03/39572108_0:0:1400:788_1920x0_80_0_0_8a389459aa545c36172db803b5faee5c.jpg
TOShKENT, 2 okt – Sputnik. Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi (YeIK) shtab kvartirasida 28-29 sentabr kunlari O‘zbekiston Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi vakillari bilan ishchi uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi, deb xabar qilmoqda YeIK matbuot xizmati. Uchrashuvda so‘zga chiqqan YeIKning Raqobat va monopoliyaga qarshi tartibga solish bo‘yicha vaziri Baxit Sultonovning so‘zlariga ko‘ra, bugungi kunda transchegaraviy bozorlarda raqobat sohasida milliy qonunchilikdan ustun bo‘lgan meyoriy-huquqiy baza to‘liq shakllantirilgan.O‘z navbatida, O‘zbekiston vakillari respublikada raqobat siyosatini amalga oshirishning o‘ziga xos xususiyatlari, qo‘mitaning raqamli yechimlari (FAIR TECH axborot tizimi), institutsional islohotlar natijalari, shu jumladan, davlat organlari va xo‘jalik yurituvchi subyektlarda monopoliyaga qarshi qonun hujjatlariga rioya etishni joriy etish natijalari to‘g‘risida hikoya qilib berdilar.Tadbirda, shuningdek, raqobatni huquqiy tartibga solish va monopoliyaga qarshi tekshiruvlar o‘tkazish, jumladan, O‘zbekiston Respublikasida dori vositalarining etalon narxlarini nazorat qilish faoliyati bo‘yicha tajriba almashdilar. Undan tashqari, YeOII davlatlarida narxlarni davlat tomonidan tartibga solish masalalari va raqamli bozorlarni nazorat qilishning o‘ziga xos xususiyatlari muhokama qilindi.O‘zbekiston Raqobatni rivojlantirish qo‘mitasi vakillari YeIK faoliyatining raqobatni rivojlantirish bilan bog‘liq asosiy yo‘nalishlari va qo‘mita vakolatlarining boshqa masalalari bo‘yicha tajriba almashishga yuqori qiziqish bildirdilar hamda manfaatdor sohalarda o‘zaro hamkorlikni yanada rivojlantirish rejasini ko‘rib chiqdilar.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/0a/03/39572108_113:0:1325:909_1920x0_80_0_0_4334fdf1704c4137f77d4313b16a9619.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
eik yeoii o‘zbekiston monopoliyaga qarshi kurash raqobatni rivojlantirish hamkorlik
eik yeoii o‘zbekiston monopoliyaga qarshi kurash raqobatni rivojlantirish hamkorlik
O‘zbekiston YeOIIning monopoliyaga qarshi kurash faoliyatiga qiziqish bildirmoqda
15:47 03.10.2023 (yangilandi: 22:24 03.10.2023) EIK va O‘zbekiston bilan monopoliyaga qarshi kurash va raqobatni rivojlantirish sohalarida hamkorlikni kengaytirmoqda.
TOShKENT, 2 okt – Sputnik. Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi (YeIK) shtab kvartirasida 28-29 sentabr kunlari O‘zbekiston Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi vakillari bilan ishchi uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi, deb
xabar qilmoqda YeIK matbuot xizmati.
Uchrashuvda so‘zga chiqqan YeIKning Raqobat va monopoliyaga qarshi tartibga solish bo‘yicha vaziri Baxit Sultonovning so‘zlariga ko‘ra, bugungi kunda transchegaraviy bozorlarda raqobat sohasida milliy qonunchilikdan ustun bo‘lgan meyoriy-huquqiy baza to‘liq shakllantirilgan.
“Biz huquqni qo‘llash amaliyoti hamda YeIKning a’zo davlatlar bilan muloqotidan kelib chiqqan holda Ittifoq qonunchiligini takomillashtirish bo‘yicha ishlarni davom ettirmoqdamiz. Ayni damda biz YeOII tovar bozorlarida raqobat bilan bog‘liq vaziyatni kompleks baholash maqsadida o‘z tahlilimizni chuqurlashtirish ustida ishlamoqdamiz. Bu borada boshqa davlatlar va integratsion birlashmalar tajribasi bizga katta yordam bermoqda", - dedi YeIK vaziri.
O‘z navbatida, O‘zbekiston vakillari respublikada raqobat siyosatini amalga oshirishning o‘ziga xos xususiyatlari, qo‘mitaning raqamli yechimlari (FAIR TECH axborot tizimi), institutsional islohotlar natijalari, shu jumladan, davlat organlari va xo‘jalik yurituvchi subyektlarda monopoliyaga qarshi qonun hujjatlariga rioya etishni joriy etish natijalari to‘g‘risida hikoya qilib berdilar.
Tadbirda, shuningdek, raqobatni huquqiy tartibga solish va monopoliyaga qarshi tekshiruvlar o‘tkazish, jumladan, O‘zbekiston Respublikasida dori vositalarining etalon narxlarini nazorat qilish faoliyati bo‘yicha tajriba almashdilar.
Undan tashqari, YeOII davlatlarida narxlarni davlat tomonidan tartibga solish masalalari va raqamli bozorlarni nazorat qilishning o‘ziga xos xususiyatlari muhokama qilindi.
Tashrif davomida YeIKning Sanitariya, fitosanitariya va veterinariya choralari departamenti vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi, unda iste’molchilar huquqlarini himoya qilish masalalari, shuningdek, ushbu sohada milliy va milliy qonunchilikdan ustun bo‘lgan Ittifoq qonunchilikni qo‘llashning o‘ziga xos xususiyatlari muhokama qilindi.
O‘zbekiston Raqobatni rivojlantirish qo‘mitasi vakillari YeIK faoliyatining raqobatni rivojlantirish bilan bog‘liq asosiy yo‘nalishlari va qo‘mita vakolatlarining boshqa masalalari bo‘yicha tajriba almashishga yuqori qiziqish bildirdilar hamda manfaatdor sohalarda o‘zaro hamkorlikni yanada rivojlantirish rejasini ko‘rib chiqdilar.