Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Ukraina mojarosi Kiyev va NATOning mag‘lubiyati bilan tugaydi — amerikalik mutaxassis

© Sputnik / Mikhail MarkivFlagi Ukraini i NATO, arxivnoe foto
Flagi Ukraini i NATO, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.10.2023
Obuna bo‘lish
Rossiya endi hech qanday muzokaralarga rozi bo‘lmaydi, mojaro faqat Ukraina mag‘lubiyati bilan tugaydi, dedi sobiq MRB eksperti.
TOShKENT, 3 okt – Sputnik. Ukrainadagi mojaro Kiyev va NATOning mag‘lubiyati bilan yakunlanadi, dedi Markaziy razvedka boshqarmasining (MRB) sobiq tahlilchisi Larri Jonson "Judging Freedom" YouTube kanalida. RIA Novosti xabariga asosan.

"Endi hammasi ravshan, muzokaralar bo‘lmaydi. Rossiya hozir bir qarorga keldi, ya’ni mojaroni to‘xtatishning yagona yo‘li bu — qanday bo‘lsa-da, Ukraina ustidan g‘alaba qozonish. Ukraina mag‘lubiyati bilan birga NATO mag‘lubiyati ham sodir bo‘ladi", - deb ta’kidlaydi ekspert.

Uning ta’kidlashicha, Ukraina rahbariyati endi bu mojarodan muzokaralar yo‘li bilan chiqib keta olmaydi. Vladimir Zelenskiyning rejasi esa hech qachon amalga oshmaydi. Jonsonning ta’kidlashicha, Moskva jangovar harakatlar Kiyevning to‘liq taslim bo‘lishi bilangina tugashini allaqachon aniq bildirgan.
Shuningdek, Larri Jonson AQSh ichki matbuotida uzoq yillar davomida Rossiya armiyasi kuchsiz, Rossiya iqtisodiyoti darrov qulaydi degan mutlaq yolg‘on axborotlar tarqatib kelinganini aytib o‘tdi. Aslida esa Rossiyaning Ukrainadagi maxsus harbiy operatsiya boshlashiga AQSh va NATO sababchi, deydi ekspert.

"Chunki biz ularning hududiga juda yaqin bordik, ularning xavfsizligiga tahdid soldik. Bunga nisbatan Rossiya, tabiiy ravishda, kuch bilan javob qaytardi", - deb xulosa qiladi ekspert.

Sentabr oyida Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov BMT Bosh assambleyasida so‘zlaganidan so‘ng o‘tkazgan matbuot anjumanida Rossiya Ukraina bo‘yicha muzokaralarga tayyor ekanligini, ammo o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha takliflarni ko‘rib chiqmoqchi emasligini aytgan edi.
Yangiliklar lentasi
0