Butun Turkiya bo‘ylab aksilterror operatsiyasi boshlandi – video

© AP Photo / Emre TazegulTurkiya politsiyachilari, arxiv surat
Turkiya politsiyachilari, arxiv surat - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.10.2023
Obuna bo‘lish
Turkiya ichki ishlar vazirining ma’lumotlariga ko‘ra, “Qahramonlar” aksilterror operatsiyasiga 13 440 nafar xavfsizlik xizmati xodimlari jalb qilingan.
TOShKENT, 3 okt — Sputnik. Butun Turkiya hududi bo‘ylab Kahramanlar” (“Qahramonlar”) aksilterror operatsiyasi boshlandi. Bu haqda mamlakat IIV rahbari Ali Yerlikaya o‘zining X (sobiq nomi – Twitter) ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida ma’lum qildi.
Turkiya vazirining ma’lumotlariga ko‘ra, mahalliy vaqt bilan soat 8:30 holatiga mamlakatda 466 ta operatsiya o‘tkazilgan. Ularga 13 440 nafar xavfsizlik xizmati xodimlari jalb qilingan.
“Qahramonlar” operatsiyasi davomida Mersin, Van, Shanliurfa, Mardin va Aydinda terrorchilik tashkilotlarining 12 nafar a’zosi qo‘lga olingan. Operatsiya chog‘ida Diyarbakir, Gaziantep, Istanbul, Bursa, Batman, Denizli, Adana, Kayseri, Antalya, Konya, Isparta va Kojaelida terrorizmda gumonlanuvchi kamida 55 kishi hibsga olingan.
1 oktabr kuni Anqarada IIV binosi oldida terakt sodir bo‘ldi. Vazirlik binosi darvozasi oldiga yengil avtomobilda kelgan ikki terrorchi portlash uyushtirgan. Terrorchilardan bir o‘zini portlatib yuborgan, boshqasi esa yo‘q qilingan. Ikki politsiyachi jarohatlangan.
“A Haber” telekanalining xabar berishicha, terakt uchun javobgarlikni Turkiyada taqiqlangan “Kurdiston ishchilar partiyasi” o‘z zimmasiga olgan.
Yangiliklar lentasi
0