https://oz.sputniknews.uz/20231003/ozbekiston-piyazov-akademiya-ish-39569448.html
O‘zbekistonda "Piyazov akademiyasi" ochildi
O‘zbekistonda "Piyazov akademiyasi" ochildi
Sputnik O‘zbekiston
"Piyazov akademiyasi"da 3 ta yo‘nalish bo‘yicha dars o‘tiladi. Bular opera, suxandonlik, estrada va maqom yo‘nalishlaridir.
2023-10-03T16:40+0500
2023-10-03T16:40+0500
2023-10-03T16:41+0500
madaniyat
o‘zbekiston
jenisbek piyazov
maktab
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/0a/03/39568790_0:133:1280:853_1920x0_80_0_0_5a21f63b332c575df2d454576bc29214.jpg
TOShKENT, 3 okt — Sputnik. O‘zbekistonda birinchi professional vokal maktabi — "Piyazov akademiyasi" o‘z faoliyatini boshladi. Bu xaqda Turizm qo‘mitasi xabar berdi.Uning ochilish marosimi “Temiryo‘lchilar saroyi”da bo‘lib o‘tdi. Marosimda akademiya badiiy rahbari, O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston xalq artisti Jenisbek Piyazov maktab haqida umumiy ma’lumot berdi.Mazkur yo‘nalishda 10 nafar o‘quvchi qabul qilinadi. Ikkinchisi estrada va maqom yo‘nalishidir. Uchinchi yo‘nalish esa suxandonlarga mo‘ljallangan bo‘lib, gapirganda tez charchab qolmaslik, ovoz texnikasi o‘rgatiladi."Piyazov akademiyasi"da italiyalik taniqli operachilar ham dars berishi ko‘zda tutilgan. Shuningdek, har yili bir yoki ikkita o‘quvchi grant asosida Italiyaga o‘qishga yuboriladi. Qolaversa, 40 kishidan iborat “Bravo” orkestri ham akademiya bilan hamkorlik qilishi kutilmoqda.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/0a/03/39568790_72:0:1209:853_1920x0_80_0_0_1ce590d01a99ceb3cd7f17b5f4db272c.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekistonda birinchi professional vokal maktabi "piyazov akademiyasi" “temiryo‘lchilar saroyi” jenisbek piyazov birinchi professional vokal maktabi "piyazov akademiyasi"
o‘zbekistonda birinchi professional vokal maktabi "piyazov akademiyasi" “temiryo‘lchilar saroyi” jenisbek piyazov birinchi professional vokal maktabi "piyazov akademiyasi"
O‘zbekistonda "Piyazov akademiyasi" ochildi
16:40 03.10.2023 (yangilandi: 16:41 03.10.2023) "Piyazov akademiyasi"da 3 ta yo‘nalish bo‘yicha dars o‘tiladi. Bular opera, suxandonlik, estrada va maqom yo‘nalishlaridir.
TOShKENT, 3 okt — Sputnik. O‘zbekistonda birinchi professional vokal maktabi — "Piyazov akademiyasi" o‘z faoliyatini boshladi. Bu xaqda Turizm qo‘mitasi
xabar berdi. Uning ochilish marosimi “Temiryo‘lchilar saroyi”da bo‘lib o‘tdi.
Marosimda akademiya badiiy rahbari, O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston xalq artisti Jenisbek Piyazov maktab haqida umumiy ma’lumot berdi.
"Aslida, mazkur akademiyani ochish g‘oyasi ikki yil oldin paydo bo‘lgandi. Akademiyada uchta yo‘nalish bo‘yicha dars o‘tiladi. Birinchisi klassik yo‘nalish — opera hisoblanadi", — dedi Jenisbek Piyazov.
Mazkur yo‘nalishda 10 nafar o‘quvchi qabul qilinadi. Ikkinchisi estrada va maqom yo‘nalishidir. Uchinchi yo‘nalish esa suxandonlarga mo‘ljallangan bo‘lib, gapirganda tez charchab qolmaslik, ovoz texnikasi o‘rgatiladi.
"Piyazov akademiyasi"da italiyalik taniqli operachilar ham dars berishi ko‘zda tutilgan. Shuningdek, har yili bir yoki ikkita o‘quvchi grant asosida Italiyaga o‘qishga yuboriladi. Qolaversa, 40 kishidan iborat “Bravo” orkestri ham akademiya bilan hamkorlik qilishi kutilmoqda.