Kollej va texnikumlarda o‘qiyotgan xotin-qizlarga davlat granti ajratiladi

© Sputnik/Ramiz BaxtiyarovAbituriyenti vo vremya vstupitelnix ekzamenov v vuzi Uzbekistana
Abituriyenti vo vremya vstupitelnix ekzamenov v vuzi Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.10.2023
Obuna bo‘lish
To‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilingan xotin-qizlar 10-oktabrga qadar davlat granti asosida o‘qish uchun ariza bilan murojaat qilishlari mumkin.
TOShKENT, 3 okt — Sputnik. Kollej va texnikumlarda ta’lim olayotgan xotin-qizlarga davlat granti ajratiladi. Bu haqda Hukumatning 516-sonli qarori bilan qabul qilingan tegish nizomda nazarda tutilgan.
Hujjatga ko‘ra, kollej va texnikumlarga o‘qishga qabul qilingan xotin-qizlar uchun talab etiladigan davlat granti mablag‘lari respublika budjetidan budjet mablag‘larini taqsimlovchi sifatida tizimida kollej va texnikumlar bo‘lgan tegishli vazirlik va idoralarga ajratiladi.
"Kollej va texnikumlarga to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilingan xotin-qizlar o‘quv yilining 10-oktabriga qadar ushbu kollej yoki texnikum direktori nomiga davlat granti asosida o‘qish uchun ariza bilan murojaat qiladi", — deyilgan hujjat matnida.
Arizalar taalluqliligi bo‘yicha kollej va texnikumlar tomonidan 3 ish kunida ko‘rib chiqiladi hamda umumlashtirilgan holda, hududlardagi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar boshqarmalariga taqdim etiladi.
Hududiy bo‘linmalar har yili 15-oktabrgacha umumlashtirilgan ma’lumotlarni ko‘rib chiqadi hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligiga yuboradi.
Vazirlik har yili 20-oktabrgacha murojaat qilgan xotin-qizlar ro‘yxatini taalluqliligi bo‘yicha tizimida kollej va texnikumlar bo‘lgan vazirlik va idoralarga taqdim etadi.
Vazirlik va idoralar mazkur ro‘yxat asosida xotin-qizlarning davlat granti asosida ta’lim olishlari uchun zarur mablag‘ ajratish yuzasidan har yili 25-oktabrgacha Iqtisodiyot va moliya vazirligiga murojaat qiladi.
Iqtisodiyot va moliya vazirligi 5 ish kuni ichida tegishli mablag‘larni mazkur vazirlik va idoralarga ajratadi.
Kollej va texnikumlar direktorlari xotin-qizlar uchun Davlat budjetidan ajratiladigan mablag‘larning maqsadli va samarali sarflanishi uchun shaxsan javobgar hisoblanadi.
Eslatib o‘tamiz, kollej va texnikumlarning yakuniy tanlov natijalari (mandat) e’lon qilindi. Talabgorlar tanlov natijalarini my.uzbmb.uz sayti orqali shaxsiy kabinetidan bilishlari mumkin. Test sinovi natijasidan norozi bo‘lgan abituriyentlar 3-4 oktabr kunlari apellatsiya komissiyasiga shikoyat qilishlari mumkin.
Yangiliklar lentasi
0