Kollej va texnikumlarga kirish test sinovlari bo‘yicha yakuniy natijalar e’lon qilindi

© Sputnik / Vitaliy Ankov / Mediabankka o‘tishDiktant
Diktant - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.10.2023
Obuna bo‘lish
Test sinovi natijasidan norozi bo‘lgan abituriyentlar 3-4 oktabr kunlari apellatsiya komissiyasiga shikoyat qilishlari mumkin.
TOShKENT, 3 okt — Sputnik. Kollej va texnikumlarning yakuniy tanlov natijalari (mandat) e’lon qilindi. Bu haqda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi xabar berdi.
Shu yilning 26–30 sentabr kunlari 2023/2024 o‘quv yili uchun professional ta’lim muassasalari (kollej va texnikumlar)ga kirish test sinovlari o‘tkazildi.
Bunda talabgorlarning test sinovida to‘plagan ballari test sinovi o‘tkazilgan kunning ertasigayoq my.uzbmb.uz saytida e’lon qilib borildi.
Professional ta’lim muassasalariga kirish test sinovlari bo‘yicha yakuniy tanlov natijalari e’lon qilindi. Talabgorlar tanlov natijalarini my.uzbmb.uz sayti orqali shaxsiy kabinetidan bilishlari mumkin.
"Test sinovi natijasidan norozi bo‘lgan abituriyentlar ikki kun davomida (3-4 oktabr kunlari) professional ta’lim muassasasida tashkil etilgan apellatsiya komissiyasiga apellatsiya shikoyatini berish huquqiga ega", — deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, 2023/2024-o‘quv yili uchun professional ta’lim muassasalari (kollej va texnikum)ga kirish test sinovlari 26–29 sentabr kunlari 2 smenada o‘tkazildi.
Yangiliklar lentasi
0