Yevropa, bergan va’dalariga qaramasdan, Kiyevga pul bermadi

© Sputnik / Aleksey VitviskiyFlagi Ukraini i Yevropeyskogo Soyuza.
Flagi Ukraini i Yevropeyskogo Soyuza. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.10.2023
Obuna bo‘lish
Amerika Kiyevga pul berishdan voz kechishi bilan bir vaqtda Yevropada ham pul tugadi. Albatta, hammasi emas, lekin erkin mablag‘lar tugadi. Aslida ham YeIda iqtisodiy vaziyat yaxshi emas.
Ukraina uchun pul yetishmasligi haqidagi xabarlar Atlantikaning ikkala tomonida ham bir vaqtda paydo bo‘ldi: Kapitoliy tepaligida davlat to‘lovlari to‘xtab qolishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun vaqtinchalik budjet qabul qilindi, unda Kiyevga yordam umuman nazarda tutilmagan.
Yangi milliardlar uchun cho‘ntaklarini ochishga tayyorgarlik ko‘rayotgan Kiyevning ko‘zini shamg‘alat qilish uchun Yevropaning ayyor reja taklif qilishdan boshqa iloji qolmadi. YeI Kiyevni pul bilan emas, siyosiy qo‘llab-quvvatlashga qaror qildi. Jozep Borrelning ko‘rsatmasiga binoan YeIga a’zo davlatlar tashqi ishlar bo‘limlari rahbarlari Ukrainaga jo‘nab ketishdi.
Yuqori darajadagi jamoa "Rossiyaga yanada ko‘proq bosim o‘tkazish" uchun birdamlik va qat’iyatni namoyish etishga va shu bilan birga o‘zlarining ijodiy rejalari haqida gapirishga qaror qildi. Ular juda katta - o‘n minglab harbiy xizmatchilarni, shu jumladan, F-16 samolyotlari uchun uchuvchilarini tayyorlash va ba’zi aql bovar qilmaydigan (Yevropa iqtisodiyotidagi hozirgi vaziyatni hisobga olganda) yangi yordam transhlari va’da berishdi.

Reallashtirilgan yordam puli bir necha milliarddan o‘nlab milliardlargacha deyildi, ammo yakuniy natija juda kam bo‘lib chiqdi. Besh milliard yevro miqdoridagi yordamni (oldingi ajratilgan mablag‘lar bilan solishtirganda, juda kam) tekshiruv va hisobotlarsiz kelishib bo‘lmadi.

Bu hali Kiyev uchun hali tashvishli qo‘ng‘iroq emas, ammo "qo‘llab-quvvatlashning" yangi bobi boshlanganining birinchi qo‘ng‘irog‘idir.
Amerikaliklar sovuqqon, hushor va hisob-kitobli, gegemonga yarasha birinchi bo‘lib Kiyevning ambitsiyalarini cheklashga kirishdilar. Ular ishbilarmon odamlar. Shu sababli ham Ukraina qo‘llari va ukrainaliklar umri bilan Rossiyaga qarshi urush uchun tikilgan har bir dollarni qaytarishni talab qilishdi. Kamida ikki barobar miqdorida, yaxshisi uch baravar. Lekin "nol natija" ularni qoniqtirmaydi. Chunki Amerikada hamma narsa shunday ishlaydi, xayriya va ehson uchun marhamat opera yoki muzeyga boring. Urush esa har doim sof iqtisod bo‘ladi.
Yevropaliklar, albatta, sarosimaga tushdi. Jamoaviy G‘arbning Rossiyaga qarshi urushini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash haqida gap boshlanishi bilanoq, Yevropaliklar orasida shunaqa xilma-xil ovozlar eshitila boshladiki, ularni mutlaqo yakdillik deb bo‘lmaydi.
Bu jarayon qanchalik uzoqqa cho‘zilmasin, Yevropada sarosima shunchalik kuchayadi. Yevropaning puli tugadi. Albatta, hammasi emas, lekin erkin mablag‘lar tugadi. Ukrainaga misli ko‘rilmagan saxiylik qilish imkonini bergan zaxira tugadi.

Yevropada pul yetishmay qoldi, sabablar bir necha. Masalan, Germaniyaning kimyo sanoati, Annalena Berbok nima desa ham, barbod bo‘lish arafasida. Sanoatning pasayish darajasi ikki xonali raqamlarda. Organik kimyo, noorganik kimyo, farmatsevtika - hamma soha pasaymoqda.

Oldin ham kuchli sanoat salohiyatiga ega bo‘lmagan Fransiyada vaziyat yanada murakkab. Inflyatsiya shundayki, uni jilovlash uchun kamida yetti, balki o‘n yil kerak bo‘ladi.
Ha, aytmoqchi yana bir noqulaylik bor: hozir Ukrainaga oltin tog‘larini va sutli darolarini va’da qilayotgan barcha yevropalik amaldorlar, o‘z va’dalari uchun zarracha javobgar emas. Chunki ular qandaydir ma’noda "oqsoq o‘rdaklardir". Hozirgi Brussel boshliqlarining vakolat muddati kelasi yilning iyun oyi boshida tugaydi, siyosiy kalendar uchun bu deyarli "ertaga", degani.
O‘zlari ko‘rmagan, bilmagan va mutlaqo befarq bo‘lgan narsalar uchun pul to‘lashdan charchagan yevropalik saylovchilarning kayfiyati shundayki, parlament saylovlarda ovoz berish Yevropada birdamlikdan, hech narsa qolmaganini aks ettirishi mumkin.
Bu haqiqat va yevropaliklar uni qabul qilishga majbur bo‘lishadi, bu ular uchun qanchalik og‘riqli bo‘lmasin. Eng aqlli va ko‘p pul tikkan donor davlatlar ushbu zarbaga oldindan tayyorlana boshladilar va pul so‘rovchilarga buni ochiq aytdilar.
"Bugun pul yo‘q, ertaga ham pul bo‘lmaydi, lekin ertaga, agar biz kelisha olsak, ehtimol, ertadan keyin yoki undan keyinroq pul bo‘ladi."
G‘arbning Rossiyaga qarshi ushbu proksi urushida qo‘yilgan birorta ham vazifa hal etilmadi. Na taktik, na strategik, na siyosiy va na iqtisodiy.
Rossiyada esa suveren va osoyishta mamlakatga xos, ravishda — o‘sish bor.
Amerikada — ichki kun tartibi, tartibsizliklar, janjallar, budjet chalkashliklari va saylovlar kutilmoqda.
Yevropada — de Gollning iboralarini o‘g‘irlaydigan va uni buzib aytadigan masxarabozlar bor.
Ukrainada — shovqin-suron va g‘azna egalariga xushomad qilish istagi bor, ammo u allaqachon bo‘sh.
Ko‘rinib turibdiki, bu "Qilich va omoch ittifoqi" uchun o‘zini o‘zi tarqatib yuborish vaqti keldi.
Yangiliklar lentasi
0