https://oz.sputniknews.uz/20231003/bezgak-qarshi-yangi-vaktsina-39567005.html
Bezgakka qarshi yangi vaksina tasdiqlandi
Bezgakka qarshi yangi vaksina tasdiqlandi
Sputnik O‘zbekiston
JSSTning ma’lum qilishicha, dunyoda yiliga o‘rtacha 247 million kishiga bezgak tashxisi qo‘yilyapti. Qurbonlar soni 600 ming nafardan oshmoqda.Ushbu ko‘rsatkichlarning o‘rtacha 95 foizi Afrika qit’asida ro‘yxatga olinyapti. Eng yomoni, mintaqada ushbu infeksiya oqibatida hayotdan ko‘z yumayotganlarning 80 foizi — besh yoshgacha bo‘lgan bolalar.
2023-10-03T17:22+0500
2023-10-03T17:22+0500
2023-10-03T17:22+0500
dunyoda
dunyo yangiliklari
vaksina
jsst
sog‘liqni saqlash vazirligi (ssv)
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/388/66/3886682_0:0:1500:844_1920x0_80_0_0_aa2bec3e14729f9c1eb6091cc7bd8e48.jpg
TOShKENT, 3 okt — Sputnik. Bezgakka qarshi yangi vaksinani tasdiqladi. Bu haqda O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST)ga tayanib xabar berdi.JSSTning ma’lum qilishicha, dunyoda yiliga o‘rtacha 247 million kishiga bezgak tashxisi qo‘yilyapti. Qurbonlar soni 600 ming nafardan oshmoqda.Ushbu ko‘rsatkichlarning o‘rtacha 95 foizi Afrika qit’asida ro‘yxatga olinyapti. Eng yomoni, mintaqada ushbu infeksiya oqibatida hayotdan ko‘z yumayotganlarning 80 foizi — besh yoshgacha bo‘lgan bolalar.Aytilishicha, bunday murakkab epidemiologik vaziyat bezgakka qarshi yangi vaksina yaratish jarayonini yanada jadallashtirib yubordi va nihoyat ijobiy natijaga erishildi ham.Kecha JSST bir necha bosqichli sinovlardan muvaffaqiyatli o‘tgan yangi vaksinani tasdiqladi. U bundan ikki yil avval foydalanishga tavsiya etilgan ilk muqobilidan, eng avvalo, arzonligi bilan farqlanadi.Ma’lumotlarga ko‘ra, har ikki vaksinaning samaradorligi o‘xshash. Shunga qaramay, R21 ning bir dozasi 2-4 dollarga teng va bir kishi uchun to‘rt doza talab etiladi. Bu, avvalgi RTS,S vaksinasi narxidan ikki baravar arzon.Eslatib o‘tamiz, bezgakka qarshi emlash vositasini yaratish uchun dunyo olimlariga 100-yildan ko‘proq vaqt zarur bo‘ldi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/388/66/3886682_375:0:1500:844_1920x0_80_0_0_502254bab679f2e174ef103fe1310d81.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
r21 bezgakka qarshi yangi vaksina jsst bezgak kasallik ma’lumot alomatlari belgilari davolash
r21 bezgakka qarshi yangi vaksina jsst bezgak kasallik ma’lumot alomatlari belgilari davolash
Bezgakka qarshi yangi vaksina tasdiqlandi
Yangi emlash vositasi R21 deb nomlandi.
TOShKENT, 3 okt — Sputnik. Bezgakka qarshi yangi vaksinani tasdiqladi. Bu haqda O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST)ga tayanib
xabar berdi. JSSTning ma’lum qilishicha, dunyoda yiliga o‘rtacha 247 million kishiga bezgak tashxisi qo‘yilyapti. Qurbonlar soni 600 ming nafardan oshmoqda.
Ushbu ko‘rsatkichlarning o‘rtacha 95 foizi Afrika qit’asida ro‘yxatga olinyapti. Eng yomoni, mintaqada ushbu infeksiya oqibatida hayotdan ko‘z yumayotganlarning 80 foizi — besh yoshgacha bo‘lgan bolalar.
Aytilishicha, bunday murakkab epidemiologik vaziyat bezgakka qarshi yangi vaksina yaratish jarayonini yanada jadallashtirib yubordi va nihoyat ijobiy natijaga erishildi ham.
Kecha JSST bir necha bosqichli sinovlardan muvaffaqiyatli o‘tgan yangi vaksinani tasdiqladi. U bundan ikki yil avval foydalanishga tavsiya etilgan ilk muqobilidan, eng avvalo, arzonligi bilan farqlanadi.
"Yangi emlash vositasi R21 deb nomlandi. Uning mualliflari — Buyuk Britaniyaning Oksford universiteti olimlari", — deyiladi xabarda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, har ikki vaksinaning samaradorligi o‘xshash. Shunga qaramay, R21 ning bir dozasi 2-4 dollarga teng va bir kishi uchun to‘rt doza talab etiladi. Bu, avvalgi RTS,S vaksinasi narxidan ikki baravar arzon.
Eslatib o‘tamiz, bezgakka qarshi emlash vositasini yaratish uchun dunyo olimlariga 100-yildan ko‘proq vaqt zarur bo‘ldi.