https://oz.sputniknews.uz/20231003/akademik-nazar-toraev-vafot-etdi-39586422.html
Akademik Nazar To‘rayev vafot etdi
Akademik Nazar To‘rayev vafot etdi
Sputnik O‘zbekiston
Shavkat Mirziyoyev ushbu munosabat bilan olimning yaqinlariga hamdardlik bildirdi. 03.10.2023, Sputnik O‘zbekiston
2023-10-03T20:53+0500
2023-10-03T20:53+0500
2023-10-03T21:19+0500
shavkat mirziyoyev
ta’ziya
vafot etdi
jamiyat
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/0a/03/39586552_0:197:1000:760_1920x0_80_0_0_a87e67a41bbd9b9c47ad331ff88eca2f.jpg
TOShKENT, 3 okt — Sputnik. Fizika-matematika fanlari doktori, professor, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi akademigi Nazar Yuldashevich To‘rayev 2023-yil 3-oktabr kuni 85 yoshida vafot etdi. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev ushbu munosabat bilan olimning yaqinlariga hamdardlik bildirdi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/0a/03/39586552_0:104:1000:854_1920x0_80_0_0_c69c2744a9e48b70995b82195f1c7e4f.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
shavkat mirziyoyev, ta’ziya, vafot etdi, jamiyat
shavkat mirziyoyev, ta’ziya, vafot etdi, jamiyat
Akademik Nazar To‘rayev vafot etdi
20:53 03.10.2023 (yangilandi: 21:19 03.10.2023) Shavkat Mirziyoyev ushbu munosabat bilan olimning yaqinlariga hamdardlik bildirdi.
TOShKENT, 3 okt — Sputnik. Fizika-matematika fanlari doktori, professor, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi akademigi Nazar Yuldashevich To‘rayev 2023-yil 3-oktabr kuni 85 yoshida vafot etdi.
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev ushbu munosabat bilan olimning yaqinlariga hamdardlik bildirdi.
Nazar To‘rayev 1938-yil 19-mayda Surxondaryo viloyatining Denov shahrida tug‘ildi.
1961 yili Samarqand davlat universitetini tamomlab, mehnat faoliyatini Fanlar akademiyasining Yadro fizikasi institutida kichik ilmiy xodim lavozimida boshladi.
U 1968-yilda nomzodlik, 1981-yilda doktorlik dissertatsiyasini himoya qildi. 2000-yilda O‘zbekiston Fanlar akademiyasining a’zosi etib saylandi.
Nazar To‘rayev mamlakatimiz va xalqaro ilmiy jamoatchilik o‘rtasida fizikaviy elektronika yo‘nalishida maktab yaratgan olim sifatida katta hurmat va e’tiborga sazovor bo‘ldi.
Nazar To‘rayev 1990-1995 yillarda Oliy Majlis deputati bo‘lgan.
Akademik Nazar To‘rayev “O‘zbekiston Respublikasi fan arbobi” faxriy unvoni, “Mehnat shuhrati” ordeni bilan mukofotlangan.