https://oz.sputniknews.uz/20231002/xanchjou-2022-ozbekistonlik-eshkak-eshuvchilar-bugungi-dasturlarni-uchta-medal-bilan-yakunladi-39505898.html
Xanchjou-2022: O‘zbekistonlik eshkak eshuvchilar bugungi dasturlarni uchta medal bilan yakunladi
Xanchjou-2022: O‘zbekistonlik eshkak eshuvchilar bugungi dasturlarni uchta medal bilan yakunladi
Sputnik O‘zbekiston
Baydarka va kanoechilar ishtirokidagi bugungi bahslar yakunlandi.
2023-10-02T10:38+0500
2023-10-02T10:38+0500
2023-10-02T11:30+0500
sport
osiyo o‘yinlari
o‘zbekiston
xitoy
baydarka va kanoeda eshkak eshish
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/0a/02/39506039_0:111:1280:831_1920x0_80_0_0_43e7d60ebda190a9302e4a80f1f8e001.jpg
TOShKENT, 2 okt — Sputnik. Bugun Xitoyda bo‘lib o‘tayotgan Osiyo o‘yinlarida birinchi bo‘lib 1000 metrga baydarkada eshkak eshish bo‘yicha erkaklar o‘rtasidagi final bahsi bo‘lib o‘tdi. Unda startga chiqqan o‘zbekistonlik sportchi Shahriyor Mahkamov ikkinchi bo‘lib marra chizig‘ini kesib o‘tdi va kumush medalni qo‘lga kiritdi, deya xabar berdi Milliy olimpiya qo‘mitasi. Shuningdek, 1000 metrga kanoeda eshkak eshish bo‘yicha erkaklar o‘rtasidagi dasturda Vladlen Denisov O‘zbekiston delegatsiyasiga yana bir kumush medalni taqdim qildi.Baydarkada eshkak eshish bo‘yicha ayollar o‘rtasida 500 metrga kechgan bahsda startga chiqqan Yekaterina Shubina hamda Arina Tanatmisheva juftligi marraga uchinchi bo‘lib yetib keldi va bronza medaliga sazovor bo‘ldi.Shuningdek, 500 metrga kanoeda eshkak eshish bo‘yicha juftlik bahslarida Artur Guliyev hamda Kamron Axtamov to‘rtinchi, Nilufar Zokirova hamda Gulbahor Fayziyeva esa beshinchi bo‘lib marraga keldi. Xuddi shu masofada startga chiqqan baydarkachi o‘zbekistonlik yigitlar Denis Onufriyev hamda Ozodjon Amriddinov esa yettinchi pog‘onadan joy olishdi.
o‘zbekiston
xitoy
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/0a/02/39506039_0:14:1280:974_1920x0_80_0_0_1cad76efd34f0f8f5787211caa95bd1e.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
xanchjou-2022 o‘zbekistonlik eshkak eshuvchilar
xanchjou-2022 o‘zbekistonlik eshkak eshuvchilar
Xanchjou-2022: O‘zbekistonlik eshkak eshuvchilar bugungi dasturlarni uchta medal bilan yakunladi
10:38 02.10.2023 (yangilandi: 11:30 02.10.2023) Baydarka va kanoechilar ishtirokidagi bugungi bahslar yakunlandi.
TOShKENT, 2 okt — Sputnik. Bugun Xitoyda bo‘lib o‘tayotgan Osiyo o‘yinlarida birinchi bo‘lib 1000 metrga baydarkada eshkak eshish bo‘yicha erkaklar o‘rtasidagi final bahsi bo‘lib o‘tdi. Unda startga chiqqan o‘zbekistonlik sportchi Shahriyor Mahkamov ikkinchi bo‘lib marra chizig‘ini kesib o‘tdi va kumush medalni qo‘lga kiritdi, deya
xabar berdi Milliy olimpiya qo‘mitasi.
Shuningdek, 1000 metrga kanoeda eshkak eshish bo‘yicha erkaklar o‘rtasidagi dasturda Vladlen Denisov O‘zbekiston delegatsiyasiga yana bir kumush medalni taqdim qildi.
Baydarkada eshkak eshish bo‘yicha ayollar o‘rtasida 500 metrga kechgan bahsda startga chiqqan Yekaterina Shubina hamda Arina Tanatmisheva juftligi marraga uchinchi bo‘lib yetib keldi va bronza medaliga sazovor bo‘ldi.
Shuningdek, 500 metrga kanoeda eshkak eshish bo‘yicha juftlik bahslarida Artur Guliyev hamda Kamron Axtamov to‘rtinchi, Nilufar Zokirova hamda Gulbahor Fayziyeva esa beshinchi bo‘lib marraga keldi. Xuddi shu masofada startga chiqqan baydarkachi o‘zbekistonlik yigitlar Denis Onufriyev hamda Ozodjon Amriddinov esa yettinchi pog‘onadan joy olishdi.