Toshkentda xalqaro qurilish ko‘rgazmasi o‘tkaziladi — qaysi davlatlar qatnashadi?

© Sputnik/Ramiz BaxtiyarovMejdunarodnaya stroitelnaya vistavka v Tashkente. Arxivnoe foto
Mejdunarodnaya stroitelnaya vistavka v Tashkente. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.10.2023
Obuna bo‘lish
Ko‘rgazmada Xitoy, Turkiya, Germaniya, Italiya, Rossiya Federatsiyasi, Janubiy Koreya, Qozog‘iston va boshqa MDH davlatlaridan 200 dan ortiq kompaniyalar ishtirok etadi.
TOShKENT, 2 okt — Sputnik. Joriy yilning 25-27 oktabr kunlari Toshkent shahridagi yirik ko‘rgazma majmuasida “UzStore Central Asia-2023” xalqaro qurilish va ishlab chiqarish ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi. Bu haqda shahar hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Ko‘rgazmada Xitoy, Turkiya, Germaniya, Italiya, Rossiya Federatsiyasi, Janubiy Koreya, Qozog‘iston va boshqa MDH davlatlaridan 200 dan ortiq kompaniyalar ishtirok etadi.
Tadbir doirasida qurilish materiallari, texnologiyalari va maxsus uskunalari, xizmatlari, isitish va sovitish tizimlari kabi qator yo‘nalishlarda ekspozitsiyalar tashkil qilinadi. Shuningdek, kompaniyalar o‘rtasida qator B2B uchrashuvlar bo‘lib o‘tadi.
Ko‘rgazma Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi, Savdo-sanoat palatasi hamda “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi ko‘magida tashkil etilmoqda.
Ko‘rgazma ishtirokchisi sifatida 15-oktabrgacha ro‘yxatdan o‘tish mumkin.
Manzil: Toshkent shahri, Yangihayot tumani, Sergeli-8, 21A
Batafsil ma’lumot uchun: 77 053-00-07.
Yangiliklar lentasi
0